Breaking News

Vashingtonda olcha gulladi


Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan.

Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi.

Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.

Bu yilgi tadbir, ayniqsa, har yilgidan ko’ra qiziqroq va gavjumroq bo’lishi kutilyapti. Chunki olchaning gullashi katta ko’cha paradi bilan bir paytga to’g’ri kelyapti.

Ushbu keksa olcha daraxtlari 1912-yilda ekilgan. Birinchi keltirilgan ko’chatlar, kasallangani va ularga qurt tushgani aniqlangach, sug’urib tashlangan va o’rniga yangilari keltirilgan.

Ikkinchi bor ekilgan 3000 ko’chatdan hozirga kelib bir necha yuz donasi qolgan xolos.

Birinchi keltirilgan ko’chatlarning ayrimlari saqlab qolinib, Sharqiy Potomak parkiga olib borib ekilgani haqida gaplar bor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG