Breaking News

Xitoyning Afrikadagi sarmoya modeli AQShnikidan jozibaliroqmi?


Iqtisodchilarga ko’ra, Xitoyning Afrikadagi sarmoya modeli ko’p mamlakatlarni qarzdor qilishiga qaramay, aholi olqishiga sazovor bo’lyapti. AQShning qit’adagi sarmoyalari esa ko’zga yaqqol tashlangani yo’q, aholining kundalik turmushiga sezilarli ta’sir qilmayapti, deydi ular.

Xalqaro hayot - 26-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:25 0:00

Keniyada Xitoyda va G’arbda ishlangan minglab mahsulotlar sotiladi. Kateren Kiuraning elektronika mollari do’koni ulardan biri. Uning aytishicha, Xitoy mahsulotlari tezroq sotilmoqda.

"Sifati xar hil mahsulotlar bor bizda. Xaridor xohishiga bog’liq. 30 shillingli lampa, 50 shillingli lampa”, - deydi savdogar.

Xitoy kompaniyalari qit’ada elektronika sohasiga katta sarmoya qilmoqda. Mahalliy aholi bunday sarmoya ularning hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotganini aytadi.

"Do’konlardagi ko’p mahsulotlar Xitoyniki. Davlat loyihalarining ko’pini Xitoy kompaniyalarini yurityapti. Amerika sarmoya qilayotgan bo’lsa-da, bizning ko’zimizga ko’ringani yo’q. Amerika uni qildi, buni qildi deyishyapti, lekin natijasini ko’rmayapmiz”, - deydi nayrobilik Jozef Kamau.

Iqtisodchilarga ko’ra, xorijiy davlatlarning sarmoya modeli Afrika bozorini qozonishda muhim omildir.

"Xitoy qayerga sarmoya qilayotgan bo’lsa, o’sha yerga o’zi ham boradi. Boshqa sarmoyadorlardan farqli o’laroq Xitoy xorijdagi loyihalariga o’z muhandislari, hatto quruvchilarini jalb qiladi. Buning natijasini ko’rsa bo’ladi”, - deydi iqtisodchi Vaxoro Ndoxo.

O’tgan hafta Afrika bo’ylab uch kun safar qilgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Qo’shma Shtatlar sarmoyalari hech bir mamlakatni qarzdor qilib qo’ymaydi.

Oq uy Afrika bilan aloqalarni kuchaytirishga intilarkan, kelasi yili Afrika rahbarlari sammitiga mezbonlik qilmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG