Breaking News

Shinjonda politsiya sakkiz odamni otib o'ldirdi


Shinjon, Xitoy
Shinjon, Xitoy
Xitoy politsiyasi Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida sakkiz kishini otib o’ldirgan. Davlat matbuoti ular jangari bo’lganini, yana uch odam o’zini portlatganini aytmoqda.

Motosikl va avtomobilda ketayotgan qurollangan guruh politsiyachilarga hujum qilgan; voqea Shinjonning Aksu tumanida sodir etilgan, deya xabar beradi “Sinxua” axborot agentligi.

Mintaqada yashovchi uyg’ur aholi hukumatning zolim siyosatidan shikoyat qilib keladi. Ziddiyat natijasida hududda bot-bot to’qnashuvlar ro’y beradi.

Hukumat mojarolarni Sharqiy Turkiston Islomiy harakatining qilmishi deb hisoblaydi. Rasmiy Pekin nazarida guruhni ajnabiy ektremist kuchlar qo’llab-quvvatlaydi.

Inson huquqlari himoyasi bilan mashg’ul xalqaro tashkilotlar fikricha, Xitoy xavfni ataylab bo’rttirib ko’rsatayapti va bu musulmon aholini ezish uchun bahonaga aylangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG