Xitoyning uyg’urlar yashovchi Shinjon viloyatida pichoq va portlovchi moddalar bilan qurollangan sakkiz odam politsiya mahkamasiga hujum paytida otib o’ldirilgani xabar qilinmoqda.
Voqea Yorkend shahrida ro’y bergan. Guruh to’qqiz kishidan iborat bo’lib, biri hibsga olingan. Politsiya talofatlari haqida ma’lumot yo’q.
Oy boshida politsiya Qashqar yaqinida mahalliy aholi bilan to’qnashib, 14 nafarini otib o’ldirgan edi.
Hukumat uyg’urlarni bo’lginchilikda va xurujlarda ayblab keladi. Xorijdagi uyg’ur faollariga ko’ra esa, Pekin bu xalqqa qarshi zug’umini oqlash uchun bo’lginchilik va terror xavfini bo’rttirib ko’rsatmoqda.