Xitoy qurishni boshlagan yangi Ipak yo'li - 64 davlatni bog'lovchi tijoriy tizim - qariyb 1 trillion dollarga tushadi. Hozircha Pekindan boshqa hech kim sarmoya qilmoqchi emas.
Jahon banki, Xalqaro Valyua jamg'armasi va 29 davlat rahbari bilan memorandum imzolangani - ulkan yutuq, deydi Itan Kreymer-Flad, Pekindan biznes tahlilchi.
Bu hujjatga qo'l qo'yib, ular Xitoy maqsadlarini quvvatladi, lekin faqat so'zda. Bu qog'oz faqat timsoliy ma'noga ega, amalda biror va'da berilmagan.
Savdo va tijorat tizimlarini yaratish esa kuchli iroda, harakat va siyosiy o'zgarishlar talab qiladi.
Xitoy biror davlatning ichki ishlariga, siyosiy hayotiga aralashmasligini qayd etmoqda, lekin yangi infratuzilma barpo etish va har qanday yangilik qilish siyosiy jarayon va qarorlar mahsulidir.
Pekinda imzolangan hujjat BMT qog'ozlariga xos ko'rinishga ega. Oliy maqsadlar, mushtarak manfaatlar, qashshoqlikka qarshi kurash, hamjihatlik, hamkorlik xususidagi gaplarga to'la.
Imzo chekayotganlar tomonlar matn bilan oldindan tanishmagan va faqat imzo chekish uchun tarqatilganida ko'rishgan xolos. Demak, deydi tahlilchilar, hamma Xityga qarab qolgan va oldindan, hech qanday muhokamasiz hozirlangan hujjatni so'zsiz ma'qullashdi. Bu bilan barcha tomonlar memorandum aslida muhim emasligini isbotlagandek.
Noyob bir imkoniyat boy berildi, deydi Yan Gaspers, xitoyshunos olim, Pekindagi tadqiqot insituti rahbari.
Xitoy tashabbusini tahlil qilish, uning taklif va g'oyalarini boshqalarniki bilan qiyoslash, uyg'unlashtirish, muhokaa qilish kerak edi. G'arb davlatlari umuman bosh qo'shmadi, vaholanki, yangi tijorat yo'llari sharqdan g'arb tomon yo'l olishi kerak. Manzil uzoq va har bir mamlakatdan nima kutilayotgani yuzasidan kelishuv yo'q.
Kristofer Bolding, Pekinda biznesdan dars beruvchi mutaxassis, fikricha Xitoy nima qilayotganini yaxshi biladi. Bu boshdan oyoq uning loyihasi, deydi u.
Har qanday sarmoya, harakat Xitoydan ekan, u tegishli tomonlarni o'z vaqtida ko'ndirishga ishonadi, deydi Bolding.
Xitoy har besh yilda yirik xalqaro sammit o'tkazib, nimaga qodir ekanini ko'rsatib qo'yishga intiladi. Ayni damda u global liderlik uchun harakat qilmoqda.
“Bu yil Xitoyda saylovlar... Xalq davlatni kuchli ekanini ko'rib qo'yishi kerak. Shi Zinpin tuzumni samarali boshqarib kelmoqda, deya targ'ibot olib borilmoqda", - deydi Bolding.
Gaspersning qayd etishicha, Rossiya, Turkiya va Xitoy prezidentlari, uch avtoritar rahbar, yonma-yon turib suratga tushgani dunyoning bu tarafi G'arbga qarshi tura oladi, degan propagandadir.
Xitoy Amerika hamon global tizim boshida ekanini tan oladi lekin astalik bilan o'z imkoniyatlarini ham sinab ko'rmoqchi, baho berishga va xulosa qilishga shoshmang, deydi ekspertlar.
Facebook Forum