Breaking News

Xitoylik faolning fig’oni hukumatga yoqmadi


Chen Xitoyning oilada farzandlar sonini nazorat qilish, majburiy abort va sterilizatsiya, ya’ni bepusht qilish siyosatini fosh qilgani uchun ta’qibda yashagan
Chen Xitoyning oilada farzandlar sonini nazorat qilish, majburiy abort va sterilizatsiya, ya’ni bepusht qilish siyosatini fosh qilgani uchun ta’qibda yashagan

Xitoylik huquq himoyachisi Chen Guangcheng oilasi taqdiridan xavotirda va bu borada AQSh Kongressiga yana murojaat qilgan.

Rasmiylar jiyanim va akamni tutib, kaltakladi, dedi u Pekindagi kasalxonadan telefon orqali qonunchilar bilan bog’lanib.

Oxirgi ikki haftada Kongress bilan ikkinchi bor gaplashishi. Lekin Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xon Leyning aytishicha, voqeada Pekinni emas, Vashingtonni ayblash kerak. Qo’shma Shtatlar o’zga davlat ichki ishlariga aralashmoqda, deydi u.

“Amerika Xitoyning ishlariga suqulmasligi kerak. Xitoyda qonun ustuvor. Konstitutsiya va qonunlar fuqarolarni himoya qiladi, ularning manfaatlariga xizmat qiladi. Shu bilan birga fuqarolar o’z majburiyatlarini unutmasligi kerak”, - deydi Xon Ley.

Ko’zi ojiz faol Chen Guangcheng AQShda o’qish uchun taklif olgan. Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland so’zlariga ko’ra, huquq himoyachisi uchun viza tayyor.

Chen Xitoyning oilada farzandlar sonini nazorat qilish, majburiy abort va sterilizatsiya, ya’ni bepusht qilish siyosatini fosh qilgani uchun ta’qibda yashagan.

O’tgan oy uy qamog’idan qochib, AQShning Pekindagi elchixonasidan qisqa payt panoh topgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG