Breaking News

Dissident Chen Guanchen Pekinda Amerika elchixonasini tark etdi


Xitoylik dissident Chen Guanchen Pekindagi kasalxonaga olib keitlmoqda, 2-may, 2012-yil
Xitoylik dissident Chen Guanchen Pekindagi kasalxonaga olib keitlmoqda, 2-may, 2012-yil

AQSh rasmiylarining bildirishicha, Pekinda uy qamog'idan qochib, Amerika elchixonasida qo'nim topgan ko'zi ojiz dissident vakolatxonani tark etgan. U tibbiy yordamga muhtoj va oilasi bilan ko'rishmoqchi, deydi ular. Q 'shma Shtatlarning bildirishicha, Chen Guanchen siyosiy boshpana so'ramagan.

Xitoy bilan xavfsizlik va iqtisodiy masalalar borasida muzokara qilish uchun Pekinga borgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Chen o'z xohishi bilan elchixonadan ketgan. Ma'lum bo'lishicha, dissident diplomatik vakolatxonada olti kun turgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Chenni elchixonaga qabul qilgani uchun Vashingtondan uzr so'rashni talab qilmoqda. AQSh Xitoy ichki ishlariga aralashdi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti vakili Felim Kaynning aytishicha, Chenni Xitoyga topshirish bo'yicha olib borilgan muzokaralarda rasmiy Pekin unga ozor bermaslikka so'z bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG