Breaking News

AQSh: Xitoy huquq bobida ortga qarab ketmoqda


Xitoy rasmiylarining shikoyati shuki, AQSh inson huquqlarini bahona qilib, o’zga davlat ishlariga aralashmoqda
Xitoy rasmiylarining shikoyati shuki, AQSh inson huquqlarini bahona qilib, o’zga davlat ishlariga aralashmoqda

AQSh Davlar kotibi muovini Maykl Pozner fikricha, Xitoy inson huquqlari bobida ortga qarab ketmoqda.

Vashington siyosiy faollar, ziyolilar, huquq himoyachilarga qarshi hujumlardan xavotirda. Diplomat Pekinda huquq masalasida o’tgan ikki kunlik muloqot yakunida so’zladi.

Necha yillardan beri qayta-qayta o'tayotgan bu uchrashuvlar juda sekin, samarasizligi bilan ajralib turadi.

Xitoy o'z siyosatini birov bilan muhokama qilishni xush ko'rmaydi. AQSh e'tirozini tinglar ekan, tortishuv va dag'-dag'alardan qo'rqmaymiz, deydi Xitoy ma'murlari.

Lekin Maykl Poznerning aytishicha, muzokara mazmunli kechgan. Dolzarb muammolarni ko’tardik, deydi u. Internet, diniy erkinlik, Tibet va Shinjon kabilar.

Qo’shma Shtatlar, xususan Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi Lyu Syaobao va uning rafiqasi hayotidan tashvishda. Har ikkisi qamoqda.

Yaqinda g’oyib bo’lgan uch advokat – Teng Biao, Cheng Guancheng va Gao Tzinsheng ham tilga olingan.

Maykl Poznerning aytishicha, muzokara mazmunli kechgan. Dolzarb muammolarni ko’tardik, deydi u. Internet, diniy erkinlik, Tibet va Shinjon kabilar
Maykl Poznerning aytishicha, muzokara mazmunli kechgan. Dolzarb muammolarni ko’tardik, deydi u. Internet, diniy erkinlik, Tibet va Shinjon kabilar

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tafsilotlarga to’xtalmagan. Biroq muloqot samimiy ekanini aytadi.

Xitoy rasmiylarining shikoyati shuki, AQSh inson huquqlarini bahona qilib, o’zga davlat ishlariga aralashmoqda.

Vashington va’z aytishni bas qilib, o’zining muammolarini hal qilishi kerak, deydi Xitoy rasmiylari.

Amerikada ishsiz, uysiz kishilar qancha, jinoyatchilik gullab yashnamoqda, deydi ular.

Huquq faollari bu kabi dialoglar mushkul kechsa-da, gaplashishda davom etish kerak deb hisoblaydi.

Lekin boshqalar nazarida Xitoyga faqat mana shunaqa yilda bir bor, yopiq eshiklar ortida o'tadigan anjumanlar ma'qul. Shu bahona boshqa payt huquq masalasini umuman ko'tarmaydi.

Oxirgi paytlarda Xitoy hukumati huquq himoyachilari, faollarga qarshi bosimni oshirgan. Chet el muxbirlari faoliyatiga cheklov joriy etilib, Internetdagi qator saytlar blokirovka qilingan.

Ekspertlar talqinicha, rasmiy Pekin shu tariqa Yaqin Sharqda bo’lgani kabi qo’zg’olonlarning oldini olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG