Xitoy inson huquqlariga doir yillik hisobotini chop etib, unda Qo’shma Shtatlarni o’z fuqarolarining ketidan josuslik qilayotganlikda, ayollar va ozchilikdagi guruhlarni kamsitayotganlikda ayblab, AQShda qurol yordamida ko’p jinoyatlar sodir etilayotganiga ishora qilgan.
Qo’shma Shtatlar o’zining yillik hisobotida Xitoyni inson huquqlarini buzayotganlikda ayblar ekan, Pekin qarshi chora ko’rmoqda.
Xitoyga ko’ra, Amerikada saylov natijalari pulga bog’liq bo’lib qolgan va bu hol demokratiyani yemirmoqda.
"Amerika fuqarolari saylovlarda aslida ovoz berishda teng huquqli emas", - deyiladi hisobotda.
Hujjatga ko'ra, AQShda diniy guruhlar kamsitilmoqda, Iroq va Afg’onistondagi urushlar inson huquqlarining buzilishiga sabab bo’lmoqda.
AQShda inson huquqlariga doir yillik hisobot kecha chiqib, unda Xitoyda qatag’onlar va ta’qiblar odatiy hol ekani, siyosiy faollar qo’rquvda yashashi ta’kidlangan.
(Hisobotning O'zbekistonga bag'ishlangan qismini mana bu yerdan o'qish mumkin)