Breaking News

Amerika razvedkasi emlashdan boshqa foydalanmaydi


O’ndan ziyod tibbiyot muassasalari prezident Obamaga murojaat qilib, razvedkaning ishi bois emlash sa’y-harakatlariga putur yetishi mumkin, deya ogohlantirgan.
O’ndan ziyod tibbiyot muassasalari prezident Obamaga murojaat qilib, razvedkaning ishi bois emlash sa’y-harakatlariga putur yetishi mumkin, deya ogohlantirgan.

Uch yil oldin Pokistonda Osama bin Ladenni topib yo’q qilishda Amerika razvedkasi aynan vaksinatsiyani ishga solgan edi.

Oq uyning ishontirib aytishicha, razvedka bundan e’tiboran maxfiy amaliyotlarda emlash kampaniyasi yoki tibbiyot xodimlaridan foydalanmaydi.

Uch yil oldin Pokistonda Osama bin Ladenni topib yo’q qilishda aynan vaksinatsiya ishga solingan edi.

O’ndan ziyod tibbiyot muassasalari prezident Obamaga murojaat qilib, razvedkaning ishi bois emlash sa’y-harakatlariga putur yetishi mumkin, deya ogohlantirgan.

2011-yilda Amerika maxfiy xizmati pokistonlik shifokor Shakil Afridiyni yollagan, u Pokistonning Abbotobod shahrida sariq kasaliga qarshi vaksinalash tashabbusi bilan chiqqan edi.

Natijada shaharda hammadan qon olingan va shu orqali bin Laden o’sha atrofda ekaniga ishonch hosil qilingan.

Afridiy xiyonatda ayblanib, 33 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan. Uning ishi hozir qayta ko’rib chiqilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG