Breaking News

Oq uy qarshi bo'lsa-da, shtatlar iqlim o'zgarishiga qarshi chora ko'rmoqda


Oq uy ekologik talablarni bekor qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Prezident Barak Obama paytida joriy etilgan atmosferani ifloslantiradigan gazlarni kamaytirishga qaratilgan ekologik talablarni bekor qildi. Tramp ma’muriyatiga ko’ra, yangi qoidalar havoni toza tutadi, energiyani arzonlashtiradi. Tanqidchilar bu xulosalarga qo’shilmaydi. Ayrim shtatlar o’zi alohida chora ko’ra boshlagan.

“Yangi qoidalar to’liq joriy etilsa, AQSh energetika sektorida karbonat angidrid miqdori 2005-yilga qaraganda 35 foizga kamayadi. Oltingugurt dioksidi, azot oksidi va boshqa zaharli moddalar ham kamayishini istaymiz”, - deydi AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari Endryu Viler.

Xalqaro energetika agentligiga ko’ra, agar Yerning o’rtacha harorati 2 darajadan oshsa, iqlim o’zgarishining halokatli oqibatlarini bartaraf etish uchun AQSh zararli gazlar miqdorini 74 foizgacha kamaytirishiga to’g’ri keladi.

“Shiddatli bo’ronlar, suv toshqinlari, yong’inlar tez-tez ro’y berayapti. O’rmon yong’inlari mavsumi uzoqroq davom etayapti, ilgari qisqa edi”, - deydi iqlim bo'yicha mutaxassis Josh Savislak.

Boshqaruv va byudjet idorasi ma’lumotiga ko’ra, so’nggi 10 yilda ekstremal ob-havo AQShga 350 milliard dollarga tushgan. Muammo kattalashib boraveradi, deydi Savislak.

“AQSh hukumati biz ayni damda yuzlashib turgan ofatlar bilan shug’ullanishga tayyor emas. Kelajakda ro’y beradigan ofatlarga umuman tayyor emasmiz. Vaqtni boy berayapmiz”.

Kaliforniya va Nyu-York kabi shtatlar o’z tashabbusi bilan kuchli ekologik qonunlar qabul qilmoqda.

Kaliforniyada imzolangan farmonga ko’ra, shtat 2045-yilga borib uglerod gazlarini toza energiya manbalari bilan muvozanatlashga erishadi. Nyu-Yorkdagi muammolar ham o’ziga xos.

“Nyu-York shahrida zararli gazlarning taxminan 70 foizi binolardan chiqadi. Bu boshqa shaharlarga qaraganda ancha yuqori. Boshqa joylarda binolar va transport vositalari ekologik muammolarga teng sababchi”, - deydi Kolumbiya universitetidan Nilsa Mesa.

Tramp ma’muriyati Parijda imzolangan iqlim kelishuvini tark etgan va global harorat ko’tarilayotganiga ishonmaydi. Aksar olimlar deydiki, iqlim isib borayotgani bu - fakt.

“Iqlim o’zgarishi muhokama qilib o’tiradigan masala emas. Uni o’lchash mumkin. O’zgarish bo’layotganini bilamiz”, - deydi Josh Savislak.

Oq uy qarshi bo’lsa-da, tobora ko’proq shtatlar va bizneslar o’z tashabbusi bilan choralar ko’rishga kirishmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG