Breaking News

Toza energiyaga o'tishdan kim yutadi, kim yutqazadi?


Toza energiyaga o'tishdan kim yutadi, kim yutqazadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:33 0:00

Global harorat ko’tarilar ekan, ekspertlarning aytishicha, insoniyat qazib olinadigan yoqilg’idan voz kechib, toza energiyaga o’tishi kerak. Bu jarayonda, albatta, ayrimlar yutadi va ayrimlar yutqazadi.

Klensi Key Massachusets shtati, Xolyok shahrida 30 yil ko’mirda ishlaydigan energostansiyada mehnat qilgan. Shaharda puerto-rikoliklar jamoasi kattagina.

Roza Gonzalez energostansiyani yopishga da’vat etdi. Ikkita sabab, deydi u. Stansiya atrof-muhitni ifloslantiradi. Ikkinchidan, bu hududda astmaga chalinganlar ko’p.

“O’zimdan bilaman. Astma sababli bir yilda 4-5 marta kasalxonada yotib chiqdim. Kasalligim qattiq ta’sir qildi menga. Shaharda hatto bolalarda ham astma bor”, - deydi Gonzalez.

Astmaga chalinish hollari bu yerda boshqa joylarga qaraganda ikki karra ko’p. Gonzalez zavodni yopish kampaniyasiga qo’shildi. Ammo odamlar ishidan ayrilishini bilardim, deydi u.

“Ishsiz qolish nima ekanini bilaman, boshimdan o’tgan. Doimiy ishingiz bo’lsa-yu, to’satdan sizni bo’shatishsa, oson emas”, - deydi ayol.

Onaxon sakkiz yil omborxonada ishlagan, so’ng bo’shatilgan. Shuning uchun men va boshqa faollar energostansiya ishchilariga adolatli munosabatda bo’lishni talab qildik, deydi u.

“Ishchilar huquqi uchun kurashyapmiz deyishadi, ammo biz o’tirgan shoxni o’zlari kesib tashlashyapti”, - deya javob beradi Klensi Key.

Ko’mir stansiyaning kuni shundoq ham bitgan edi, yopilishi ayon edi, deydi unga egalik qilgan “Enji” kompaniyasi vakili Jonatan Pur.

“Maishiy xizmat korxonalari tabiiy gaz va muqobil energiya manbalariga o’tmoqda. Kirim-chiqim nuqtai nazaridan zavodni yopish mantiqan to’g’ri qaror”, - deydi Pur.

Stansiya buzib tashlandi. O’rniga esa…

“Bu hududda quyoshdan energiya oladigan birinchi yirik tizimni ishga tushirdik. Elektr energiyaning kelajagi shu - quyosh panellari”, - deydi Jonatan Pur.

“Quyosh panellari haqida eshitganimda, hayron va xursand bo’ldim”, - deydi Roza Gonzalez.

Ko’mir o’rniga toza energiya - faollar maqsadiga erishdi. Gonzales astmadan tuzalayotganini aytadi.

Eski stansiya yopilayotganda 28 kishi ishlar edi, undan oldin esa 80 ishchisi bo’lgan. Ayrimlar nafaqaga chiqdi. O’nlab odam kamroq maoshga bo’lsa ham boshqa ish topdi.

“Energostansiya ko’pchilik uchun yaxshi maosh va imtiyozlar beradigan ish edi. Mutaxassislar ishidan ayrildi”, - deydi Key.

Klensi Keyning o’zi basseyn o’rnatib beradigan kompaniya ochdi. O’zgarishlarni to’xtatib bo’lmaydi, deydi u.

“Ko’mirsiz hayot yo’q, der edik. Lekin zamon o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni, menimcha, olqishlash kerak”, - deydi u.

Ko’mir zavodlari yopilsa-da, muqobil energiya sanoatida yangi ish o’rinlari ochilyapti. O’tish davri oson emas, lekin iqtisodchilarga ko’ra, bu ijobiy o’zgarish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG