Breaking News

Klinton Liviyadagi voqealarni qirg’in deya ta’rifladi


"Liviyadagi isyon -- eng qonlisi"
"Liviyadagi isyon -- eng qonlisi"

Amerika Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton Liviyada zo’ravonlikni qoralab, “qirg’in” deya ta’rifladi.

Qo’shma Shtatlar voqeani ayanch, xavotir bilan kuzatayapti, deydi vazira.

Liviya hukumati bari uchun javobgar va bu jinoyatlarning oldini olishi, inson huquqlariga izzat ko’rsatishi lozim, deydi u.

Klinton butun Yaqin Sharq rahbarlarini vazminlikka, xolislikka da’vat etdi.

Arab ligasi davlatlari bugun Liviyadagi vaziyat yuzasidan favqulodda majlis o’tkazdi.

Liga rahbar Amr Musa fuqarolarga qarshi bosim, zo’ravonlikka chek qo’yish kerak dedi.

Arab dunyosida o’zgarishlar payti keldi, namoyishlarga kuch bilan javob qaytarish ma’qul yohud samarali yo’l emas, deydi u.

Klinton "Liviya rasmiylari qonli voqealar uchun javobgar", deydi
Klinton "Liviya rasmiylari qonli voqealar uchun javobgar", deydi

G’arb davlatlari Liviyada fuqarolik urushi boshlanishidan qo’rquvda.

Nyu-Yorkda asoslangan “Human Rights Watch” huquq tashkiloti guvohlarning so’zlariga tayanib, Tripoli shahrida ikki kundan beri omma o’qqa tutilayotganini aytadi.

Poytaxt kasalxonalarida kamida 60 jasad borligi ta’kidlanadi, biroq buni aniq aytish qiyin.

Chunki hukumat barcha mustaqil axborot kanallarini to’sgan.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton xalqaro hamjamiyatni qo’nli hujumlarga qarshi birlashishga undadi. Rasmiy Misrni misol qiladi.

Xususan, ertaga dunyo rahbarlari Bryusselda yig’ilib, Misrni qo’llab-quvvatlash yo’llarini muhokama qiladi.

Yevropa Sarmoya Banki bu davlatga qo’shimcha 1,6 milliard dollar ajratishni taklif qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG