Breaking News

Vashington Liviyani BMT Inson huquqlari kengashidan haydamoqchi


Liviyani chetlatish taklifini BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlashi kerak
Liviyani chetlatish taklifini BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlashi kerak

Shimoliy Afrikadagi bu davlatda qatliomni bas qilish kerak, deydi Amerika rasmiylari.

Ertaga Jenevada huquqiy kengash yig’iladigan.

Kelasi hafta boshida esa davlatlar vazirlari gaplashib oladi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton dushanba BMTning mana shu majlisida qatnashib, Liviyani chetlatish masalasini ko’taradi.

Liviyani Inson huquqlari kengashidan haydash taklifini BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlashi kerak.

Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Kroulining aytishicha, Kongress va xalqaro hamjamiyat bosimi ostida Obama ma’muriyati Liviya hukumatini jilovlash uchun qator choralarni ko’rib chiqmoqda.

Muhokamada Amerika harbiylari ham ishtirok etayapti.

Obama ma’muriyati Muammar Qaddafiy va uning safdoshlari bilan ham muloqotda.

Liviya hukumati o’z fuqarolarining huquqini poymol qildi, deydi Krouli.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Liviyaga qo’shin kiritmaymiz, voqealarga harbiy jihatdan aralashmaymiz, degan.

Uning aytishicha, NATOdan bu borada birov iltimos qilmagan. Alyans chora ko’rishi uchun BMT ijozat berishi kerak, deydi Rasmussen.

“Liviyadagi voqealar NATO yoki unga a’zo davlatlarga tahdid solayotgani yo’q. Biroq qochqinlar muammosi dolzarb”, - deydi u.

Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo’yicha muovini Vilyam Berns bugun Jazoirda bo’lib prezident Abdulaziz Buteflika bilan ko’rishgan.

Berns telefon orqali Liviya Tashqi ishlar vaziri Musa Kusa bilan ham suhbatlashgan.

Qaddafiy bugungi chiqishida qo’zg’olonda al-Qoidani ayblagan. Qo’shma Shtatlar bu fikr asossiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG