Breaking News

BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada


BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada
BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, o’tgan bir haftada Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin. Poytaxt Tripolini qo’lga olish uchun qattiq kurash ketmoqda.

Liviya rahbari Muammar Qaddafiy bu yerda unga sodiq harbiylar va ajnabiy jangchilar himoyasi ostida.

Mamlakat sharqini nazorat qilayotgan namoyishchilar safi kengayib, hukumat qo’li ostidagi hududlarga yurish qilmoqda. Poytaxt Tripolida ular o’qqa tutilgan.

BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada
BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada

Tripolidan 50 kilometr naridagi Zaviya shahridagi to’qnashuvlarda kecha 23 kishi halok bo’lgan edi.

Armiya masjidda yig’ilgan odamlarga hujum qilgan. Misuratada Qaddafiy tarafdorlari bilan qonli janglar ketmoqda.

Liviya rahbari g’alayonda al-Qoida va uning yetakchisi Usama bin Ladenni ayblagan.

“Al-Qoida yoshlarga dori berib, boshini aylantirgan”, - deydi Qaddafiy. Tahlilchilar deydiki, al-Qoidaning bu voqealarga aloqasi yo’q.

BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada
BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada

Ichki va tashqi bosim ostida tobora yakkalananib qolayotgan Muammar Qaddafiydan yaqin safdoshlari, jumladan adliya vaziri, harbiylar, diplomatlar yuz o’girgan.

Ahmad Qaddaf al-Dam ismli yaqin maslahatchisi ham ishdan bo’shadi.

Isyon boshlanganidan beri Liviyada qancha odam o’lganini bilish qiyin. Xalqaro tashkilotlar mingdan oshiq, deydi. O’n minglab fuqaro, jumladan chet elliklar mamlakatni kemalarda va havo yo’llari orqali tark etmoqda.

Barak Obama ma’muriyati Liviya hukumatini sanksiya bilan jazolash taklifini ittifoqchilar bilan muhokama qilyapti. Yevropa Ittifoqi bu masalada Vashington bilan hamfikr.

Oq uy so’zlovchisi Jim Karnining aytishicha, Liviyaga qo’shin yuborish ham ehtimoldan xoli emas.

BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada
BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada

BMT Inson Huquqlari kengashi rahbari Navi Pillay qo’limizda “odamlar ommaviy ravishda qatl etilayotgani haqida ma’lumotlar bor” deya, xalqaro tekshiruv boshlashga chaqirgan. BMT Xavfsizlik Kengashi va NATO bugun favqulodda majlis qiladi.

“AQSh Liviyani BMT Inson huquqlari kengashidan haydash taklifini qo’llab-quvvatlaydi”, - deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Filip Krouli.

Kengashga a’zo davlatlar vazirlari, jumladan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton dushanba kuni Jenevada uchrashib, masalani ko’rib chiqadi.

Nyu-York va Vashingtonda esa namoyishchilar Liviyaning diplomatik idoralarini qurshab olib, Muammar Qaddafiyni qotil va jinoyatchi deb qoralamoqda.

“Havo yo’llarini yopish kerak, toki mamlakatga xorijiy jangarilar kira olmasin. Amerikadan chora ko’rishni talab qilamiz”, - deydi ular.

BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada
BMT: Liviyada minglab odam o’lgan bo’lishi mumkin, sanksiyalar muhokamada

Siyosatdonlar nazarida esa Vashington qadamini o’ylab bosgani ma’qul, chunki Qaddafiy rejimi g’alayonlarni G’arbga to’nkashi mumkin.

Liviyada ishlayotgan xorijliklar, ishchi migrantlar jon saqlash uchun bor-butini tashlab, qo’shni davlatlarga qochyapti.

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va Arab Shifokorlar Uyushmasi kabi tashkilotlar esa Liviyaga oziq-ovqat, suv va dori-darmon olib kirish yo’llarini qidiryapti.

Arab dunyosidagi notinchlik tufayli so’nggi bir oyda immigratsiya oqimi kuchaygan. Italiya sohillarida minglab tunisliklar mamlakatga kirish uchun navbat kutmoqda.

Italiya Ichki ishlar vaziri Roberto Maroni gumanitar inqiroz bilan yuzlashib turibmiz, deydi.

Yevropa chegara xizmati hisobicha, 1,5 million muhojir Italiyadan boshpana so’rashi mumkin.

XS
SM
MD
LG