Breaking News

AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar


AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar
AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar

1969-1970: Muammar Qaddafiy 1969 yilning 1 sentabrida qo’zg’olon ko’tarib, monarxiyani ag’dargan. U boshliq yangi hukumat Amerika harbiy bazalarini yopadi va amerikalik zobitlar mamlakatni tark eta boshlaydi.

1979: Poytaxt Tripolida Eronga xayrixoh liviyaliklar Amerika elchixonasiga o’t qo’ygan. Ular Eronda ro’y bergan islomiy inqilobni qo’llab-quvvatlashini aytadi.

1981: Qo’shma Shtatlar Sirte bo’g’ozida Liviyaga qarashli ikki harbiy samolyotni urib tushiradi.

1986: Berlinda 5 aprelda AQSh harbiylari tez-tez qatnovchi diskoteka portlatiladi. Xuruj Liviyaning ishi ekani da’vo qilinadi. 14 aprelda AQSh prezidenti Ronald Reygan Liviyani o’qqa tutishga buyruq beradi. Natijada o’nlab odam, jumladan, Qaddafiyning tutingan qizi jon beradi.

AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar
AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar

1988: Shotlandiya uzra Amerikada qarashli samolyot portlaydi. Bortidagi 250 odam, aksariyati amerikaliklar va yerda 11 odam o’ladi. Voqeada Liviya gumon qilinadi. Bu hodisa Lokerbi fojeasi deya tarixga kiradi.

1992: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liviyani sanksiya bilan jazolaydi. Liviyadan Lokerbi xurujiga aloqador ikki shaxsni xalqaro tergovga topshirish talab qilinadi.

1999: Liviya mazkur ikki fuqarosini sudga topshiradi. BMT sanksiyalarni vaqtincha to’xtatadi.

2001: 31 yanvar kuni Shotlandiya sudi Lokerbi ishi yuzasidan liviyalik Abdul Bosit Maqrahiyga umrbod qamoq jazosi beradi. Ikkinchi shaxs aybsiz topiladi.

2003: Liviya hukumati Lokerbi voqeasini bo’yniga olib, qurbonlar oilasiga kompensatsiya to’lashga rozi bo’ladi. BMT Xafvsizlik Kengashi sanksiyalarni bekor qiladi. Dekabrda Liviya yadro quroliga doir dasturidan voz kechadi.

2006: Qo’shma Shtatlar Liviya bilan diplomatik aloqalarni to’liq tiklab, o’zaro biznes bitimlariga yo’l ochib beradi. Uch yil o’tib, AQSh elchisi ishga tushadi.

2008: AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays Liviyaga safar qiladi. Texasda asoslangan Exxon Mobil kompaniyasi Liviya neft korporatsiyasi bilan 97 million dollarlik bitim imzolaydi.

AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar
AQSh-Liviya aloqalariga doir muhim voqealar

2010: AQSh Liviyaga qiymati 665 million dollarga teng mahsulot eksport qilib, 2,1 milliard dollarlik molni import qiladi.

2011: Liviyada avj olgan zo’ravonlik bois Amerika kompaniyalari xodimlarini vatanga qaytara boshlaydi. Neft bahosi oshadi. AQSh Davlat departamenti hisobicha, Liviyada uning 6 ming fuqarosi bor. Asosan Liviya va Amerika pasportiga ega odamlar. 600 amerikalik neft sanoatida xizmat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG