Breaking News

Amerika havo mudofaa tizimida nuqsonlar bor, deydi ekspertlar


Amerikada 900 dan ziyod uchuvchilik maktabi bo’lib, o’qish sifatli va arzon sanaladi. Studentlarning 30 foizi xorijlik.
Amerikada 900 dan ziyod uchuvchilik maktabi bo’lib, o’qish sifatli va arzon sanaladi. Studentlarning 30 foizi xorijlik.
Amerikada terrorchilar havo hujumini rejalasa, buning oldini olishga mas’ul himoya tizimi ishga tushadi. Lekin sistemada nuqsonlar bor.

Amerikada 2001-yil 11-sentabrida ro’y bergan xurujlarning ilk kurtaklarini xususiy uchuvchilik maktablaridan topsa bo’ladi. Terrorchilar ana o’sha yerda samolyotni boshqarishni o’rgangan.




Hukumatning aniqlashicha, bugun ham AQSh pilotlik maktablari o’zi bilmagan holda terrorchilarga dars o’tayotgan bo’lishi mumkin.

Masalan, studentlarning hammasi ham izchil tekshiruvdan o’tmaydi. O’qish bitgandan keyin yuzaki rasmiyat qilingan hollar bor.

Vakillar Palatasi Transport xavfsizligi qo’mitasi raisi Mayk Rojers bu qo’rqinchli-ku, deydi.

“Rak bilan og’rigan bemorlar, Iroq urushi faxriylari, Nobel mukofoti sohiblarini samolyotga yo’latishdan oldin rosa elakdan o’tkazamiz-ku! Vaholanki, shu daqiqalarda Amerika xususiy maktablarida chet elliklar bemalol samolyot haydashni o’rganayapti. 11-sentabr ijrochilaridan Muhammad Attani eslang! O’shanda ham, bugun ham o’quvchilar yaxshilab tekshirilmayapti”.

Xurujdan keyin Transport xavfsizligi bo’yicha idora Xorijlik pilot studentlar dasturiga asos solgan edi.

Unga muvofiq, chet ellik uchuvchi talabalar treningdan oldin batafsil anketa to’ldirishi shart. Lekin amalda bu talabga doim ham rioya qilinmaydi. Qonunchilar hayron.

Transport xavfsizligiga mas’ullar javobi shuki:
Rak bilan og’rigan bemorlar, Iroq urushi faxriylari, Nobel mukofoti sohiblarini samolyotga yo’latishdan oldin rosa elakdan o’tkazamiz-ku!

“Transport xavfsizligi bo’yicha idora puxta tekshiruv o’tkazib bo’lgach, potensial student ishonchga loyiq ekani aniqlangach, xususiy maktablar darslarni boshlaydi. Boshqacha bo’lishi mumkin emas”.

Ayrim qonunchilar Qo’shma Shtatlar pilotlarni tayyorlash bo’yicha dunyoda birinchi ekanini eslatadi va xoh ichki, xoh tashqi bo’lsin, barcha xavfning oldini olish mumkin emas, deb hisoblaydi.

“Amerikada bu biznes yo’lga qo’yilgan ekanki, odamlar dunyoning turli burchaklaridan kelib, ta’lim olib, eng sara uchuvchilarga aylanishni istaydi”.

Amerikada 900 dan ziyod uchuvchilik maktabi bo’lib, o’qish sifatli va arzon sanaladi. Studentlarning 30 foizi xorijlik.

Terrorizm tahdid va aviatsiya dargohlari/Congress-Terrorism
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG