Breaking News

Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda


Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda
Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda

Qo’shma Shtatlarga dunyoning turli davlatlaridan har yili dengiz portlari orqali millionlab konteyner kiradi. So’nggi 10 yilda xavfsizlik dolzarb masalaga aylangan.

Mamlakatga kirayotgan millionlab tonna yuk sinchiklab tekshiriladi. Vaqt pul emasmi, jarayonni tezlashtirish va xavfni aniqlash uchun eng so’nggi texnologiyalar qo’l kelmoqda.

Amerika g’arbidagi eng gavjum bardargohlar … Ular orqali mamlakatga har kuni minglab konteyner kirib-chiqadi. Atigi 10 yil ilgari biror kor hol ro’y berishi mumkinligi birovning xayoliga ham kelmasdi.

Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda
Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda

“Tikanli sim, devor degan narsalar yo’q edi. Hamma uchun ochiq. Yuk o’tsa bo’lgani edi”, - deydi Los Anjeles porti vakili Jon Holms.

2001-yilning 11-sentabr xurujlari ketidan hammasi o’zgardi. Bugun Amerika portlari tahdid ostida deb ko’riladi. Chunki tovar-mahsulotlarning katta qismi kemalarda olib kelinadi.

“Kemadan tushirilgan har bir konteyner radiatsiyani tekshiradigan apparatdan o’tadi”, - deydi Holms.

Bugun barcha portlarda politsiya shay holatda. Bomba, kimyoviy va biologik qurollarni aniqlay oladigan texnologiyalar joriy etilgan.

Long Bich bandargohi – Osiyo davlatlariga darvoza. Bandligi jihatdan ikkinchi o’rinda. “Amerika Ovozi” xavfsizlik bu yerda qanday ta’minlanishi bilan qiziqdi.

Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda
Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda

“Kuzatuv, rentgen deysizmi, hammasini kompyuterda qilamiz”, - deydi port vakillari.

Ularning aytishicha, suv ostida o’rnatilgan radar va sensorlar 11 kilometr naridagi kemalarni ilg’ay oladi. Atrofda yuzlab kameralar. Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislar bir xonadan turib hammasini kuzatadi, zarur bo’lsa politsiyaga xabar beradi.

AQSh ushbu texnologiyani Lotin Amerikasi va Osiyodagi hamkor davlatlar bilan bo’lishgan, toki ular ham bu sistemani o’zlarida joriy etishsin.

“Turli mamlakatlarda bo’lsak-da, xavfsizlik hamma uchun birdek muhim”, - deya qayd etadi Jon Holms.

Bandargohlar o’zaro ma’lumot almashishi bugun oddiy hol. Los-Anjeles porti o’tgan yili aynan shu maqsadda xalqaro anjuman o’tkazib, Xitoy, Janubiy Koreya va Isroildan ekspertlarni taklif etgan.

Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda
Amerika portlar xavfsizligi uchun milliardlab dollar sarflamoqda

Terror xuruji istagan joyda ro’y berishi mumkin. Bir misol: 2008-yili Hindistonda ro’y bergan voqealar. Mumbayga hujumchilar qayiqda kelishgan.

Ma’lumot almashinuvi, deydi ekspertlar, xavfsizlik sohasidagi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun muhim.

Los-Anjelesda o’tgan texnologik konferensiyada, masalan, zamonaviy skanerlar taqdim etildi. Yuk kemasi hali sohilga yetmasdan turib, ishga solish mumkin.

Tasvirni 3-D formatga o’girib beradigan texnologiyalar xaridorgir mahsulot Jismlarni aniq va tiniq ko’rishga yordam beradi. Masalan, bombani uzoqdan turib zararsizlantirish mumkin, deydi Kreyg Kroford, “Image Tek” kompaniyasi vakili.

“Bizning mashina tahdidni ko’z oldingizga olib keladi. Ishni jarroh singari xatosiz bajarasiz”, -deydi u.

So’nggi 10 yilda AQSh hukumati bandargohlarda xavfsizlikni oshirish uchun 2,5 milliard dollar sarflagan. Terakt bo’ladimi yoki tabiiy ofat, strategik obyektlar har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG