Breaking News

Qrim-tatarlar qatag'on qurbonlarini xotirlamoqda, bugundan norozi


Kiyev, 18-may, 2015
Kiyev, 18-may, 2015

Rossiya o’z hududiga qo’shib olgan Qrim yarimorolida qrim-tatarlar Sovet deportatsiyaning 71 yilligini xotirlamoqda. Ular nomidan gapiradigan Milliy Majlis Qrimda 18-may kuni tadbir o’tkazish uchun ruxsat ololmagan. Bu sana faqat maschitlarda yodga olingan. Ukraina hukumati esa qatag’on qurbonlarini davlat miqyosida xotirlamoqda.

Qrim-tatarlar Stalin davri qatag'onlarini xotirlamoqda, bugun va kelajakdan xavotirda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:13 0:00

Ikki yildirki, xotira tadbiri taqiq ostida. Kiyev milliy teatrida o’tgan yig’inda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, Milliy Majlis yetakchilari Mustafo Jemilev, Refat Chubarov, Ukraina parlamenti deputatlari ishtirok etdi.

Kievda qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi, Ukraina bo’ylab “18 -mayda biz hammamiz qrim-tatarlarmiz” shiori ostida ijtimoiy aksiya boshlandi.

Deportatsiya qilinganlarning asosiy qismini Turkiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya. O’zbekistonda ham xotira marosimlari o’tkazilgan. Toshkentdagi Shahidlar xiyobonida kechgan tadbir haqida Ukraina elchixonasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar beradi.

Milliy Majlis raisi Refat Chubarov “Amerika ovozi” bilan suhbatda shunday deydi:

“Milliy Majlisni xotira kuni munosabati bilan Simferopolda umummilliy miting o’tkazish haqidagi bayonnomasiga mahalliy hukumat rad javobini berdi. Ular biz so’ragan joy “Oqmasjit” boshqa bir tashkilot tomonidan band etilganini ro’kach qilishdi. Boshqa bir tashkilot deganda bosqinchi hukumatning o’zini qo’li ostida bo’lgan, unga sodiqlik ko’rsatayotgan bir ikki nafar qrim-tatarlari nazarda tutilmoqda. Shundan so’ng biz xotira kunini maschitlarda, mahallalarda o’tkazishga qaror qildik. Xotira marosimi bilan bog’liq ijtimoiy tadbirlar esa Kievda bo’lib o’tadi ”.

Mahalliy hukumat xotira kuni bilan bog’liq marosimni rad etishidan avval tadbir o’tkazish haqdagi arizaga imzo chekkan Majlis faollarini so’roqqa chaqirgan, ular prokuratura tomonidan ogohlantirilgan. So’roq qilingan faollardan biri Milliy Majlis o’rinbosari Narimon Jalilov hukumat deportatasiya qurbonlarini xotirlashni radikalizm sifatida baholayotganini aytadi.

Rufat Chubarovga ko’ra, iskanjada qolayotgan Qrimda tatarlarga qarshi targ’ibot urushi davom etmoqda. Milliy Majlis o’rinbosari Ahmad Chiyg’osning hibs muddati uzaytirilgan. Yarim orol Stalin davridagi boshqaruvga qaytmoqda, deydi Chubarov.

“Bilasiz, Qrimda Rossiyaning nihoyatda kuchli propogandasi ishlamoqda. Bu propogandadan qat’i nazar, biz Qrimga xolis, to’g’ri axborot yetkazishga harakat qilmoqdamiz, shuning bilan bu propaganda qamrovini oz bo’lsada chekintirishga urinayapmiz. Qrimda hozir aynan sovet tuzumi tatbiq etilmoqda, bu tuzum ichida qolgan odamlar esa xolis axborot olishga muhtoj qolmoqda”, - deydi Milliy Majlis raisi.

1944-yili Stalin buyrug’iga ko’ra ommaviy surgun qilingan qrim-tatarlar 1990 yillarga kelib o’z yurtlariga qaytish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Qrimning Rossiya tomonidan ishg’ol qilinishi ortidan esa bu ishga qarshi turgan qrim-tatarlar yana tazyiqlar bilan to’qnashdi. Milliy Majlis yetakchilari Mustafo Jemilev, Refat Chubarov, yana bir necha faolga vataniga kirish taqiqlandi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG