Breaking News

AQSh kiber xurujlar uchun Xitoyni jazoga tortmasligi mumkin


Xakerlikda ayblangan xitoyliklarning suratlari
Xakerlikda ayblangan xitoyliklarning suratlari

Obama ma’muriyati kiber xurujlar orqali hukumat va biznes ma’lumotlarini o’g’irlagani aytilgan Xitoyga qarshi iqtisodiy jazo qo’llash rejasidan qaytgan.

O’tgan hafta AQSh va Xitoy rasmiylari uchrashgan edi. Tomonlar Xitoy hududidan kelayotgan kiber hujumlar va ular orqali davlat va biznes ma’lumotlarining o’g’irlanishi mavzusini muhokama qilgan.

“Vashington Post” nashrining yozishicha, Oq uy o’g’irlangan ma’lumotlardan foyda ko’rgan ayrim shaxslar va korporatsiyalarni jazoga tortishni ko'zlayotgan edi. Bu esa Vashingtonda kelasi hafta o’tadigan AQSh va Xitoy prezidentlari uchrashuviga soya solgan bo'lardi..

“Reyters” axborot agentligining xabar berishicha, AQSh Xitoy rahbari kelib ketguncha jazo choralari haqida og'iz ochmaydi. Hatto tashrifdan so’ng ham bu haqda gapirilmasligi mumkin, deydi ismi oshkor qilinmagan AQSh rasmiysi.

Oq uy so’zlovchisi Josh Ernest Xitoyga sanksiya qo'yilmasligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi, lekin inkor ham qilmadi.

“Iqtisodiy jazo choralari qurol sifatida juda yaxshi samara beradi, hatto ishlatilmasa ham. Shunday imkoniyatimiz borligining o’zi AQSh manfaatlariga xizmat qiladi”, - dedi Ernest.

Jazo choralari amalga oshiriladigan bo’lsa, bu AQSh tomonidan kiber xuruj uchun xorijlik shaxslar yoki hukumatlarning birinchi marta iqtisodiy jazoga tortilishi bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG