Ogayo shtatining Klivlend shahrida 18-iyul kuni Respublikachilar partiyasining to'rt kunlik qurultoyi boshlandi. Anjumandan asosiy maqsad AQSh prezidentligi uchun partiyaning yagona nomzodini e'lon qilish. Birinchi kun Trampga qarshi delegatlar uning nomzodini yoqlamaslik uchun qoidalarga o'zgartirish kiritishga urindi, ammo ular yetarli ovoz to'play olmadi.