21-iyul kuni Respublikachilar partiyasi qurultoyining to'rtinchi kuni Donald Tramp sahnaga chiqib, prezidentlik uchun nomzodlikni rasman qabul qilganini e'lon qildi. U prezident etib saylansa, birinchi navbatda amerikaliklar manfaati uchun ishlashga, mamlakatda tartib joriy etib, Amerikani yana xavfsiz va buyuk davlatga aylantirishga va'da berdi.
Tramp demokratlardan raqibi Hillari Klintonni kesin tanqid qildi. Uni mamlakatni boshqarishga layoqatsiz deb atadi.
Klintondan faqat o'lim, vayronagarchilik, terrorizm va zaiflik meros bo'lib qoladi, dedi u.
"Klinton buzuq tizimning bir qismi. U qog'irchoq va ip bilan uning bo'ynidan tortishadi", - dedi respublikachilar nomzodi.
Tramp Orlando va Florida shtatlarida bo'lgan xurujlarni hamda boshqa joylardagi otishmalarni tilga olib, mamlakat parokandalika yuz tutayotganini aytdi. U bularning barchasiga chek qo'yishini ta'kidlab, o'zini "qonun va tartib nomzodi" deb atadi.
Tramp, shuningdek, AQShning xorijiy davlatlar bilan tuzgan savdo kelishuvlarini ham keskin tanqid ostiga oldi. Men ularning barchasini qayta muzokara qilaman; agar AQSh manfaatlari inobatga olinmasa, kelishuvlarni bekor qilaman, dedi Tramp.
Nomzod AQShning global maydondagi o'rni haqida ham to'xtalib o'tdi. Uning aytishicha, Vashington xorijdagi aloqalarida doim faqat Amerika manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishi kerak. U NATOning eskirgan tashkilot ekanini yana bir bor yodga olib, unga a'zo har bir davlat tashkilot xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajada o'z ulushini qo'shishi kerak, dedi. Trampga ko'ra, AQSh rejimlarni o'zgartirish, boshqalarning muammolarini hal qilib yurish o'rniga, o'z fuqarolari va milliy manfaatlari haqida o'ylashi kerak.
Trampning uzoq davom etgan nutqi tinimsiz olqishlar va qarsaklar ostida yakunlandi. Qurultoy binosi tashqarisida osmonga mushaklar otildi. Zalning ichida ham osmondan sharlar va zarlar sochildi.
Sahnada Trampga uning oila a'zolari hamda vitse-prezidentlik uchun nomzod Mayk Pens va uning oilasi qo'shildi.