Breaking News

Grin karta istaganlar, marhamat, lotereya anketasini to'ldiring!


"Green Card" nima? Grin karta lotereyasi-chi? US Diversity Visa Lottery
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:55 0:00

"Green Card" nima? Grin karta lotereyasi-chi? US Diversity Visa Lottery

AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, "Green Card" (grin karta) lotereya o'yinida qatnashish uchun anketani 1-oktabrdan 3-noyabrgacha to'ldirish mumkin. Yutsangiz, Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini olasiz.

O'yinda qatnashish uchun mana bu saytda ro’yxatdan o’tish kerak, bepul: https://www.dvlottery.state.gov/

Forma to'ldirilgach beriladigan maxsus kodni saqlab qo'ying. Natijalar kelasi yilning 1-mayidan boshlab e'lon qilinadi. Sizga berilgan kodsiz natijani bila olmaysiz.

Lotereyani o'ynash shartlari bilan o'zbek tilida mana bu yerda tanishing: http://travel.state.gov/content/dam/visas/DV-2016-Instructions-Translations/DV_2016_Instructions_UZBEK.pdf

Grin karta anketasini sizning nomingizdan to'ldirib, buning uchun haq oladigan kompaniyalar va xususiy bizneslar juda ko'p.

Lekin, deya eslatadi AQSh Davlat departamenti, lotereya o’ynashning eng ma'qul, oson va qulay yo'li bu rasmiy sahifadan foydalanish.

AQSh elchixonasi grin karta haqida to’liqroq ma’lumot berish maqsadida uchrashuvlar o’tkazadi. Bafurja ma'lumotlar uchun mana bu sahifaga kiring: http://uzbek.uzbekistan.usembassy.gov/dv_uz.html

Turli Milllat Vakillari Uchun Immigratsion Viza Lotereyasi deb ataluvchi bu dasturdan maqsad - jamiyatni boyitish va xorijliklarga bu mamlakatda o'zlarini sinab ko'rish uchun imkoniyat berish.

Har yili 50 ming odam yutadi. O'zbekistondan o'tgan 10 yil ichida har yili 3-4 ming odamga nasib etgan. Yutganlar konsullikdan suhbatlardan o'tadi, izchil savol-javob bo'ladi. Anketada yolg'on ma'lumot bergan bo'lsangiz, grin karta rad etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG