Breaking News

"Grin karta" lotereyasi tugatilishi mumkin


Grin karta lotereyasi bekor qilinadimi? GREEN CARD LOTTERY
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Grin karta lotereyasi bekor qilinadimi? GREEN CARD LOTTERY

Agar immigratsiyaga oid yangi qonun loyihasi Kongress tasdig’idan o’tsa, lotereya asosida beriladigan grin karta dasturi tugatilishi mumkin. Shu paytgacha ushbu dastur orqali deyarli har qanday odam Amerikaga kelish imkoniyatini qo’lga kiritishi mumkin edi. Loyihada ilm-fan, texnologya, muhandislik va matematika kabi aniq sohalarda oliy ta’limga ega bo’lgan odamlarga grin karta berish ko’zda tutilgan.

Grin karta lotereyasi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Yuklab oling

Bangladeshlik Rafiq-ul Islom ikki yil avval “grin karta” lotereyasini yutib AQShga kelganida ust-boshidagi kiyimdan boshqa hech vaqosi yo’q edi. Amerikada yaxshiroq hayot qurish umidim bor edi, xolos, deydi u.

“Amerikaga “Grin karta” orqali keldim. Taqdirimni o’zgartirmoqchiman. Agar buni uddalay olsam, oilamga yordam beraman. Hamma narsa o’zgaradi. Shuning uchun keldim”, - deydi bangladeshlik muhojir.

Lotereya orqali xorijliklarga “grin karta” berish g’oyasi 90-yillarda senator Edvard Kennedi tomonidan olg’a surilgan. Rasman “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” deya ataluvchi mazkur dastur bo’yicha har yili AQShga 50 ming atrofida muhojir keladi. Bu AQShda har yili lotereyasiz beriladigan bir million grin kartaga solishtirganda juda kichik raqam.

Rafiq-ul Islom kabi omadi chopganlar AQShga kelishi uchun faqat maktabni bitirgan bo’lishi kifoya. Immigratsiya bo’yicha huquqshunos Rajiv Kxannaning aytishicha, “grin karta” lotereyasi Amerika qadriyatlarining ramziga aylangan.

“Millat sifatida, jahon hamjamiyatining bir a’zosi sifatida, Qo’shma Shtatlarning afzalligi ham, muammosi ham shunda. Ayrim narsalarni faqat shaxsiy manfaat nuqtai nazaridan emas, balki odamiylik yuzasidan ham qabul qilishga odatlanganmiz”, - deydi u.

AQSh Kongressida muhokama qilinayotgan yangi qonunga ko’ra, “grin karta” lotereyasi butunlay tugatilishi mumkin. Uning o’rniga ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi aniq yo’nalishlarda o’qigan xorijliklarga ko’proq hujjat berish ko’zda tutilmoqda. Bushan Parek ana shunday muhojirlardan biri.

“Hindistonda to’rt yil injenerlikka o’qiganman. Bir yillik ish tajribam ham bor. Suhbat davomida ularga zarur boshqaruvchilik malakasiga ega ekanim yaqqol namoyon bo’ldi”, - deydi u.

“Grin karta” lotereyasining tugatilishiga ayrim kongressmenlar qarshi chiqib, dunyoning qashshoq va ilojsiz odamlariga imkoniyat berish kerak, deydi. Ammo huquqshunos Kxannaga ko’ra, iqtisodiy qiyinchilik davrida bu hech kimni qiziqtirmaydi.

“Muhojirlarni rang-baranglashtirish masalasi ortiq yo’q. Endi immigrantlarni kiritishda, ulardan bizga nima bera olasan, deb so’rashadi”, - deydi Kanna.

Huquqshunosning aytishicha, AQSh biznesmenlari ko’proq muhojir ishchi olib kelishga ruxsat berishni so’rab, Kongressga bosim o’tkazmoqda. Lotereya orqali keluvchi oddiy odamlarda esa bunday lobbichilar yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG