Breaking News

Tramp: Grin karta lotereya o'yinini darhol yopish kerak


Nyu-Yorkda terror xuruji sodir etib, sakkiz kishini o'ldirgan o'zbekistonlik muhojir Sayfullo Soipov Amerikaga 2010-yilda grin karta dasturi bilan kelgan. Prezident Donald Tramp AQShda ishlash va yashash huquqini beruvchi bu programmani darhol yopish kerak, demoqda.

Dasturning nomi - Turli Millatlar uchun Immigratsion Viza Lotereyasi. AQSh hukumati u orqali har yili 50 ming viza ulashadi. Aynan immigrantlar kam kelayotgan davlatlarning fuqarolari uchun.

Davlat departamenti Sayfullo Soipovning viza arizasi to'g'risida izoh berishni istamadi. Prezident Tramp uni "hayvon" deya so'kib, Guantanamo qamoqxonasiga yuborish kerak, dedi.

Twitter tarmog'ida yozar ekan, Tramp Nyu-Yorkdagi voqeada demokrat senator Chak Shumerni aybladi. Shumer 1990-yillarda grin karta lotereyasini yo'lga qo'yishda qatnashgan qonunchilardan. O'shandan buyon dasturni bekor qilishga qaratilgan qator takliflar ovozdan o'tmagan, biroq Kongressdagi respublikachilar uni yopish kerak deya undashda davom etmoqda.

Ayni damda 2019-yil uchun grin karta o'yini davom etmoqda. 22-noyabrda arizalar qabuli to'xtatiladi.

2016-yilda jahon bo'ylab lotereya g'oliblariga 45664 ta viza ulashilgan, shulardan 2366 tasi O'zbekistondan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG