Breaking News

G’azoda otashkesim bo’yicha muzokaralar kelasi hafta Qohirada davom etadi


Xon-Yunus, G'azo Sektori
Xon-Yunus, G'azo Sektori

Payshanba va juma kunlari kuni Qatar poytaxti Doxada AQSh, Misr, Qatar va Isroil rasmiylari va razvedka idoralari rahbarlari to’planib, G’azoda otashkesim bo’yicha bilvosita muzokaralarni jonlantirdi. XAMAS vakillari unda qatnashgani yo’q. Jarayondan Qatar va Misr muzokarachilari tomonidan xabardor etib turilgan.

Xalqaro hayot - 16-avgust, 2024-yil - Berlin Kyevga yordamni ikki baravar kesmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:24 0:00

Ayrim xabarlarga ko’ra, muzokaralarning birinchi kunida ba’zi ijobiy natijalarga erishilgan. Tomonlar kelasi hafta Qohirada yana uchrashishga kelishdi.

“Muzokaralarning bu davrasi G’azoda urushning yakunlanishiga olib keladi degan umid bor. Yoki hech bo’lmaganda Isroil shimolida va Eron bilan eskalatsiya kuchayishining oldini olishga qaratilgan harakatlarga yordam beradi”, - deydi Tel-Aviv universitetidan Eyal Zisser.

Kuzatuvchilar otashkesimga kelishilsa, Eron Isroilga hujum qilish rejasidan voz kechadi deya taxmin qilmoqda.

Biroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning G’azo-Misr chegarasida harbiylarni muqim ushlab turish talabi kelishuvni yo’qqa chiqarishi mumkin.

“XAMAS va xususan uning rahbari Yahyo Sinvar buni qat’iyan qabul qilmaydi. Ular uchun bu qizil chiziq. Bunday shartni qabul qilgandan ko’ra u o’lishni, kurashni davom ettirishni afzal ko’radi. Shu on ikki tomon murosaga kelishiga ko’zim yetmaydi”, - deydi Isroil razvedkasining sobiq xodimi Maykl Milsteyn.

XAMAS garovga olgan odamlar oila a’zolari va Isroil jamoatchiligi muzokaralar natijasini intizorlik bilan kutmoqda.

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning taxmin qilishicha, XAMAS qo’lida qolgan isroilliklarning aksariyati o’lgan, shuning uchun sulhga kelishish oson bo’lmaydi.

Qatardagi muloqotga qaramay, Isroil G’azoda harbiy amaliyotini to’xtatgani yo’q. Sektor markazidagi al-Nuseyrat qochqinlar lageriga havo hujumida kamida ikki odam o’lgan, yaradorlar bor.

Isroil armiyasining so’zlovchisi Daniel Xagarining payshanba kuni aytishicha, urush boshidan beri G’azoda XAMAS va “Islomiy jihod”ning 17 mingdan ortiq jangarisi yo’q qilingan.

"O’tgan hafta G’azo va Misr chegarasida joylashgan 50 taga yaqin yerosti tunnelini demontaj qildik. Yer ostidagi infratuzilmani topib, yo’q qilishga e’tibor qaratyapmiz. Tunnelarning hammasi ham ishchi emas, ba’zilari eski. Shunga qaramay, hammasini yo’q qilamiz”, - dedi u.

Har kuni yaqinlarini ko’mayotgan g’azoliklar taqdiridan nolimoqda. 7-oktabrdan beri Isroil hujumlarida 40 mingdan ziyod odam nobud bo’lgan.

"Biz ular uchun shunchaki raqammiz”, - deydi Muhammad Og’a ismli bir falastinlik.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG