Breaking News

Misr Vazirlar Mahkamasida islomiy partiyalardan vakil yo’q


Qohirada Mursiy tarafdorlari namoyish qilayapti.
Qohirada Mursiy tarafdorlari namoyish qilayapti.
Misrda hukumatdan ag’darilgan prezidenti Muhammad Mursiyning tarafdorlari norozilik namoyishlarini davom ettirar ekan, mamlakatda yangi muvaqqat Vazirlar Mahkamasi ish boshlagan. Uning tarkibida islomiy partiyalardan biror vakil yo’q.

Bugun poytaxt Qohirada hukumat idoralari atrofida tumonat odam. Mursiy prezidentlikka qaytsin, deya talab qilmoqda ular.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziriasi Ketrin Eshton, bu orada, Qohirada vaqtincha bosh vazirlik qilayotgan Hazim al-Biblaviy va muvaqqat prezident Adli Mansur bilan gaplashayapti.

Hafta boshida Amerika Davlat kotibi muovini Vilyam Berns ham Misrda bo’lib, rahbariyat bilan fikr almashgan edi. Undan farqli ravishda, Eshton Muhammad Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlarni muloqotga ko’ndirgan ko’rinadi.

Birodarlar Mursiy davlat tepasiga qaytmas ekan, hukumat tuzishga doir muzokaralarga qo’shilishdan bosh tortmoqda.

Yangi ishga kirishgan Vazirlar Mahkamasi asosan liberallar va texnokratlar, ya’ni boshqaruv ilm ahli qo’lida bo’lishi kerak, deb hisoblovchi guruhlardan iborat.

Shuningdek, vazirlar safida armiya rahbari, Mursiyni boshqaruvdan ag’dargan Abdul Fattoh al-Sissiy ham bor.

Sissiy mudofaa vaziri va bosh vazir muovinidir. Sog’liqni saqlash, axborot va ekologiya vazirliklariga ayol siyosatchilar tayinlangan.

Mursiyning chetlatilishi Mirsni ikkiga bo’lib yubordi. Seshanbaga o’tar kechasi xavfsizlik kuchlari va Mursiyni yoqlaganlar olishib, natijada yetti odam jon berdi. 260 fuqaro jarohatlandi.

Misrdagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG