Breaking News

Misr bosh qomusiga tuzatishlar kiritiladi


Misrda oy boshida muxolifat isyon ko’tarib, natijada prezident Muhammad Mursiy hukumatdan ag’darildi. Harbiylar konstitutsiyani bekor qilib, yangi parlament va prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Misrda oy boshida muxolifat isyon ko’tarib, natijada prezident Muhammad Mursiy hukumatdan ag’darildi. Harbiylar konstitutsiyani bekor qilib, yangi parlament va prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Misrda bahs-munozaraga sababchi konstitutsiyaga tuzatish kiritish uchun mas’ul kengash bugun majlis qilmoqda.

Musulmon Birodarlar va Misr kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

10 sudya va professordan iborat guruh bir oy ichida hujjatni ishlab chiqishi kerak.

Bu - mamlakatni demokratiya yo’liga qaytarishning muhim sharti deb ko’rilmoqda.

Dunyoviy tuzum tarafdorlari va liberallar avvalgi bosh qomusga qarshi edi.

Islomiy partiyalar tomonidan ishlab chiqilgan bu hujjat, liberallar nazarida, fuqaroning uzviy huquqlari va ijtimoiy adolatni ta’minlashga ojizlik qilgan.

Tuzatishlar kiritilgan yangi hujjat keyin 50 kishidan iborat yirik kengashda muhokama qilinadi. So’ng prezidentga taqdim etilib, davlat rahbari o’z navbatida loyihani xalq hukmi – referendumga qo’yadi.

Misrda oy boshida muxolifat isyon ko’tarib, natijada prezident Muhammad Mursiy hukumatdan ag’darildi.

Harbiylar konstitutsiyani bekor qilib, yangi parlament va prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Ammo Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlar partiyasi yangi muvaqqat boshqaruvni tan olmoqchi emas va avvalgi prezident qayta tiklanishini talab qilayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG