Misr matbuoti prezident Muhammad Mursiyning mansabdor harbiylarni ishdan bo’shatish qarorini “inqilobiy” deya olqishlamoqda.
Davlat rahbari Mudofaa vaziri Husayn Tantaviy va Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbari Sami Enanni lavozimidan olgan.
Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Yosir Ali televideniye orqali e’lon qildi.
Mahmud Mekki vitse-prezident etib tayinlangan. Abdul Fattoh al-Sissiy esa endi yangi mudofaa vaziri.
Sissiy Mursiyga qasamyod keltirar ekan, davlatni va prezident ma’muriyatini mudofaa qilishga, konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilib, xalq va chegaralarni himoya qilishga va’da bergan.
Prezident Mursiy harbiylarga keng vakolatlar beruvchi konstitutsion tuzatishni ham bekor qilgan.
“Birovni izza qilish niyatim yo’q”, - dedi Misr rahbari. “Bu qarorlar faqat xalq manfaatlarini ko’zlaydi”, - deydi u.
Harbiylar bunga hali munosabat bildirmagan. Generallar va Oliy Sud prezident qarorini bekor qiladimi-yo’qmi, hozir aytish qiyin. Misrda harbiylar 1952-yilda boshqaruvni qo’lga olib, Mursiygacha har bir rahbar armiyadan chiqqan edi. Sobiq prezident Husni Muborak 1991-yilda Tantaviyni mudofaa vaziri etib tayinlagan.
Mursiy Tantaviy va Enanga prezident maslahatchilari lavozimlarini berib, xizmatlari uchun nishonlar bilan taqdirladi.
Prezident tarafdorlari kecha poytaxtning Tahrir maydonida namoyishga chiqib, tantana qilgan. Lekin muxbirimiz Edvard Yeranyanning Qohiradan xabar berishicha, bugun shaharda odam kamroq. Bu issiq havo va ko’plar ro’za tutayotgani bilan izohlanmoqda.
Prezident farmonlari shimoldagi Sinay yarimorolida jangarilar hujumlari va 17 chegarachining o’limi bilan bevosita bog’liq, deydi ekspertlar.
Mursiy va Tantaviyning orasi tarang ekan, ular yaqinda Sinayga borgan, ikki arbobning asabiylashgan holda tasvirlangan suratlari matbuotda shov-shuvga sabab bo’lgan. O’tgan yilgi inqilob ketidan mamlakatda xavfsizlik hamon nozik masala.