Qirg’iziston mol bozorlari gavjum. Narxlar pasaygan. 20-25 foiz tushgan. Boqilgan qo’chqorni 6-7 ming so’m, ya’ni taxminan 130-150 AQSh dollariga sotib olish mumkin. Yem-hashak ham arzon. Dehqon bozorlari meva-chevaga to’la. Udumga ko’ra, bayram arafasida shahar-qishloqlar tozalanadi. Supirib-sidirish, yuvib-tarash, xonadon va qalbga oro berish... Arafa kuni mahallalarda osh tortiladi. Odamlar bir-birini yo’qlaydi. O’sh shahri ko’chalarida qariyu-yosh sayrga chiqadi. Bayram namozi o’qiladi. Bu yili O’shning Sulaymon Tog’i etagida mamlakatda eng yirik masjidlardan biri ochildi. Imonimiz bud bo’lsin, tinchli-hotirjamlik bo’lsin, deydi Qirg’iziston ahli.