Breaking News

Terrorizm - AQSh saylov kampaniyasida dolzarb mavzu


Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Jeb Bush tashqi siyosat va milliy mudofaa haqida nutq qilmoqda, Janubiy Karolina, 18-noyabr, 2015-yil.
Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Jeb Bush tashqi siyosat va milliy mudofaa haqida nutq qilmoqda, Janubiy Karolina, 18-noyabr, 2015-yil.

Parij xurujlari yuz bergandan beri AQSh jamoatchiligi orasida milliy xavfsizlikka e’tibor kuchaydi. Bu 2016-yilgi prezidentlik saylovi uchun kechayotgan siyosiy kurashda ham namoyon bo’lmoqda. Har ikki partiyaga mansub nomzodlar mavzu yuzasidan o’z qarashlarini olg’a surmoqda.

Parij voqealari ketidan respublikachi Donald Tramp o’zini vatan himoyachisi sifatida ko’rsata boshladi.

“Hamma iniga kirib ketgan paytda men qaddimni ko’tardim. Chunki odamlar meni eng yaxshi himoyachi sifatida ko’radi. Xavfsizligingiz uchun jonimni berib kurashaman”, - deydi u.

Marko Rubio ham “Islomiy davlat”ga qarshi keskin kurashishga va’da berdi.

“Yo ular yutadi yoki biz. Tahdid shunchalik jiddiy. Buni anglashga qancha ko’p vaqt ketsa, ularni to’xtatish va mag’lub etish shunchalik qiyin bo’ladi”, - deydi u.

Demokrat Hillari Klinton ham harbiy choralar tarafdori.

“Maqsadimiz IShIDni to’xtatish emas, balki mag’lub va yakson qilish. Muvaffaqiyat qozonish uchun havo hujumlarini piyoda qo’shinlar bilan birlashtirish kerak”, - deydi u.

Terrorizm va xavfsizlikka urg'u beruvchi kampaniyalar respublikachilarga qo’l kelishi mumkin, deydi Styuart Rotenberg.

“Odatda, tashqi siyosatda respublikachilar kuchli va shiddatli bo’lib kelgan. Bu masalada AQSh zaiflashgani haqidagi savollar ularga foyda keltiradi”, - deydi tahlilchi.

Donald Tramp so’rovlarda yetakchi. U ommani qo’rqitib yutmoqchi, deydi tahlilchi Jon Fortier.

“U xavfsizlik bo’yicha tajribaga ega emas va aytayotgan ayrim gaplari kurakda turmaydi. Ammo u immigratsiya, xavfsizlik va terrorizm bo’yicha mavjud qo’rquv va xavotirlardan ustalik bilan foydalanyapti”, - deydi u.

Ammo bu mavzularning qanchalik uzoqqa cho’zilishi ma’lum emas.

“Bu xavotirlar 2016-yil davomida ham muhim deb ko'rilishi boshqa masala. Ammo hozir siyosiy muloqot shular atrofida shakllanayotgani aniq.

Prezidentlikka nomzod tanlash jarayoniga ta’sir etish ehtimoli yuqori”, - deydi Brukings instituti tahlilchisi Uilyam Gelston.

1-fevraldan Ayova shtatida nomzod tanlash jarayoni boshlanadi. Bu esa terrorizmdan qo’rquv kuchaygan bir paytga to’g’ri kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG