Breaking News

Saylov-2016: Qurolga egalik huquqi eng bahsli masalalardan biri


Amerikaliklarning qurol-yarog'ga bo'lgan muhabbati uzoq tarixga ega. Mamlakat asoschilari AQSh Konstitutsiyasiga kiritgan 2-o'zgartirish barcha fuqarolarga qurolga egalik qilish huquqini beradi. Ayrimlar uchun bu masala keyingi prezidentning kim bo'lishini hal qiladigan darajada muhim.

Sovuq va yomg'irli kun. Pistirmada ovchi turibdi.

Bu Kanada g'ozlarini ovlashning eng yaxshi yo'li.

Din Geni ikki o'g'li bilan go'z ovlash uchun to'qqiz soat yo'l bosib keldi.

Genilar oilasi to'qqiz kishi otib ketilgan Janubiy Karolina shtatining Charlston shahridagi cherkovdan bir soatlik uzoqda yashaydi. Prezidentlik saylovi yaqinlashar ekan, qurolga egalik huquqi eng bahsli mavzuga aylandi.

Bir tomonda qurol egalari.

"Bu bizning hayotimiz, tirikchiligimiz shundan", - deydi yosh Geni.

Deyvid Prays 47 yildan beri ovchilarga yo'l ko'rsatadi. Qurol masalasi kimga ovoz berishimni hal qiladi, deydi u.

"Demokratlar har doim qurollarimizni olib qo'yishga urinadi. Respublikachilar bilan murosa qilish mumkin", - deydi u.

Ovchilar g'ozni 12 kalibrli yarim-avtomat miltiq bilan otadi. Ayrimlar hujumkor quroldan foydalanishini tushunmayman, deydi Prays.

"30 ta otadigan qurol nega kerak?", - deydi u.

((NARRATOR))
Bu masalada amerikaliklar fikri bo'lingan. "Gallup" tashkiloti so'rovida har to'rtinchi odam ovoz berishda hamfikr nomzodni tanlashini aytgan.

Tafovut partiyalar o'rtasida juda katta. Demokrat va respublikachlardan asosiy nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp:

"Yoqtiramizmi, yo'qmi, bizga qurollarimiz kerak", - deydi Tramp.

"Bizga nima bo'ldi? Nega qurol assotsiatsiyasi, ularning lobbichilari va qurol ishlab chiqaruvchilarga qarshi tura olmaymiz?", - deydi Klinton.

Milliy Qurol uyushmasi tarafdor nomzodlarga 30 million dollar ehson qilgan. Assotsiatsiya hatto nomzodlar reytingini e'lon qilgan. Unga ko'ra, Hillari Klintonga eng quyi F bahosi berilgan. Donald Tramp baholanmagan, ammo uning eng asosiy yaqin raqibi A+ olgan.

"Besh million a'zomiz bor. Biz va boshqalar o'tkazgan so'rovlarning ko'rsatishicha, 50 million odam qurolga egalik huquqi tahdid ostida qolsa, ovoz berishga shay", - deydi uyushmaning sobiq prezidenti Deyvid Kin.

Ammo hamma ham shunday fikrda emas. Uch yildan beri qurol nazorati tarafdori bo'lgan guruh har hafta namoyish o'tkazadi.

"Yaponiyada qurollar qattiq nazorat qilinadigan madaniyat bilan ulg'ayganman. Bu yerda ommaviy otishmalarni va shundan keyin ham hech narsa o'zgarmasligini ko'rish o'gir", - deydi asli yaponiyalik Yoko Frost.

Bu yilgi prezidentlik saylovida qurollar eng muhim mavzu bo'lmasligi mumkin, ammo asosiy masalalardan biri bo'lishi shubhasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG