Breaking News

Erdog'an tarafdorlarini xotirjamlikka chaqirdi


Turkiyada bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an tarafdorlari qarshi namoyish qilmoqda. Anqara, 9-iyun, 2013-yil
Turkiyada bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an tarafdorlari qarshi namoyish qilmoqda. Anqara, 9-iyun, 2013-yil
Turkiyada hukumatga qarshi namoyishlar davom etar ekan, bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an ularning talabiga bo’yin egmasligini ta’kidladi. Istanbul markazidagi xiyobonni qayta qurish rejasiga qarshi chiqqan odamlar endi Erdog’anning iste’fosini ham talab qilmoqda.

Kecha janubdagi Adana shahrida hukumatga qarshi va uni qo’llab-quvvatlayotgan tomonlar to’qnashgan. Bosh vazir tarafdorlarini zo’ravonlikka berilmaslikka chaqirib, kelasi yil mart oyiga belgilangan mahalliy saylovlarda faol ishtirok etishga va shu tariqa hukumatga qarshi kuchlar ta’zirini berishga da’vat etdi.

Erdog’anning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi namoyishchilarning saylovlarni erta o’tkazish talabini rad etdi.

Erdog’an namoyishchilarni bir to’da bosqinchilar deb atab, anarxist va terrorchilarga maydonlarni egallashga yo’l qo’ymaymiz, dedi.

Taksim maydonidagi chiqishlarni uyushtirgan “Taksim birdamlik harakati” odamlarni yangi namoyishlarga da’vat etib, hukumatdan Istanbul bog’ini buzish loyihasini bekor qilishni, politsiyaga namoyishchilarga qarshi ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llashga man etishni, politsiyada bunga buyruq bergan rasmiylarni ishdan olishni hamda namoyishlarga qo’yilgan taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda.

Bugun poytaxt Anqara va Istanbulda politsiya namoyishlarni tarqatish uchun yana ko’zni yoshlantiruvchi gaz va suv qo’llagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG