Turkiyada hukumatga qarshi namoyishlar tinmas ekan, AQSh va Yevropa uchun Suriya masalasida muhim hisoblangan bu davlatdagi voqealar uning Yaqin Sharq siyosatini zaiflashtirishi mumkin.
Turkiya Suriyaga qo’shni davlat bo’lib, Anqara Suriya prezidentiga qarshi kurashayotgan kuchlarni qo’llab-quvvatlab keladi. 200 ming suriyalik qochqin Turkiyada boshpana topgan.
Bu davlat tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’li Suriya muxolifatini kelasi oyda bo’lishi kutilayotgan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga ko’ndirishga harakat qilyapti.
Vashingtondagi AQSh Tinchlik instituti tahlilchisi Stiv Xeydemanning aytishicha, Turkiyaning Suriya mojarosiga ta’siri katta.
"Muzokaralarning bo’lish-bo’lmasligi, Assad rejimi faolligini cheklash ko’p jihatdan Turkiya pozitsiyasiga bog’liq", - deydi ekspert.
Biroq o’tgan hafta Turkiyani qamrab olgan namoyishlar uni Suriya mojarosidan chalg’itmoqda.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri nazarida mahalliy muammolar Anqaraning Suriya masalasida qo’lini bog’lamaydi.
"Bunday vaziyatga boshqa davlatlar ham tushgan. Umid qilamanki, Turkiya tashqi ishlar vaziri va bosh vaziri Suriyadagi voqealarni hal etish shashtidan qaytmaydi", - dedi Kerri.
Bir vaqtlar Assadning ittifoqchisi bo’lgan Rajab Toyib Erdog’an Suriya mojarosi boshlanganidan beri uning ashaddiy tanqidchisiga aylangan.
Biroq tahlilchi Xeydeman fikricha, Suriyada urush qancha uzoq davom etsa, Turkiya uchun muxolifatni qo’llab-quvvatlashda davom etish shuncha qiyin bo’ladi.
"Turkiya hozir shunday bir davrni boshdan kechiryaptiki, u so’nggi ikki yildan beri muxolifatga yordam berganidan afsuslanayotgan bo’lishi mumkin. Erdog’an hukumati Assad rejimiga nisbatan xusumatidan foyda bo’ldimi, yo’qmi, hozir shuni tahlil qilyapti", - deydi Xeydeman.
Erdog’an Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal etishga qaratilgan rolimizdan qaytmaymiz, demoqda.
"Yaqin Sharqda doimiy tinchlik bo’lishini istasak, Suriya muammosi, Isroil-Falastin muammosi barham topishi zarur", - dedi Turkiya bosh vaziri.
Qo’shma Shtatlar Turkiya hukumatining namoyishchilarga qarshi ortiqcha kuch ishlatganini tanqid qilsa-da, Suriyaga doir tinchlik muzokaralarini uyushtirishda bu ikki davlat yaqindan hamkorlik qilishda davom etmoqda.