Breaking News

Oliy o'quv yurtlarida ayg'oqchilik amaliyotlari


Josuslik, AQSh oliygohlarida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Josuslik, AQSh oliygohlarida

Josuslik deganda ko’pincha xorijiy elchixonalar va ekzotik joylar xayolga keladi. Aslida, deydi ekspertlar, xufiyona amaliyotlar ko’zimiz oldida, o’quv yurtlarida ham olib borilmoqda.

AQSh bo’ylab kollej kampuslarida tanish manzara: bir kuni dunyoni o’zgartiraman, deb bilimini charxlab yurgan talabalar… Hukumatlar aynan shunday joylarga ayg’oqchilarini yuboradi deb hech kim o’ylamaydi. Ammo jurnalist Den Golden shuning aksini aniqladi.

“Amerika universitetlarida bugun chet ellik talaba va professorlar ko’p. Ayrimlari o’z hukumatlari uchun ma’lumot to’plash bilan band”, - deydi u.

Den Goldberg o’quv maskanlarida olib boriladigan shpionaj haqida kitob yozgan. Uning aytishicha, universitetlar erkin fikr oqimi bilan, ta’limiy va madaniy almashinuv dasturlari bilan jozibali.

“Bu joylarda tadqiqotlar olib boriladi, hayot qaynaydi. Xorijiy hukumatlar ochiq muhitdan foydalanib, talabalarini joylashtirishi tabiiy”, - deydi Federal Qidiruv Byurosi maxsus agenti Charli Makgonigal.

Xorijiy hukumatlar chet elda o’qiyotgan amerkaliklarni yollashga ham harakat qilishadi. 2014-yilda ekranga chiqqan filmda talaba Glen Shrayver Xitoy foydasiga ayg’oqchilik qilgani ko’rsatilgan.

“Yollangan talabadan vataniga qaytib, hukumat idorasida ish topish so’raladi. Yoki xususiy sektorda, muhim ahamiyatga ega bo’lgan biror kompaniyada”, - deydi agent.

Qo’shma Shtatlar uchun ham razvedka operatsiyalari begona emas. Aleks van Skayk Fulbrayt dasturi orqali Boliviyada tadqiqot olib borgan. AQSh elchixonasi xodimi bilan uchrashganini eslaydi.

“Boliviya qishloqlariga sayohat qilsang, agar kubalik shifokorlar yoki Venesuela rasmiylari uchrab qolsa, AQSh elchixonasiga xabar bergin deyishdi”, - deydi Skayk.

Federal Qidiruv Byurosi shunday usullar borligini rad etmaydi.

“Ba’zida fuqarolar bilan shunday kelishuv tuziladi. Ammo Xitoy va Rossiya hukumatlari bizning talabalardan foydalanadigan darajada keng tarqalgan holat emas bu”, - deydi Charli Makgonigal

Den Golden fikricha, josuslik borasida aholi xabardorligini oshirish kerak. 2010-yilda AQShda uzoq yillar yashab yurgan rus josuslari ushlangan edi.

“Ushlanganlarning ko’pi Amerika universitetlarida o’qigani uchun ishonch uyg’otadi, shubhadan xoli bo’ladi. Rossiya bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadi”, - deydi suhbatbosh.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG