Breaking News

Malala Yusufzoy - Yevropaning nufuzli mukofoti sohibasi


Toliblar vodiyda 2009-yilda ayollarni maktab, universitetlarga yo’latmay qo’ygach, Malala Yusufzay global tarmoqda, matbuotda huquq haqida chiqishlar qila boshlagan. Bu kurashga kirganida Malala 11 yoshda edi.
Toliblar vodiyda 2009-yilda ayollarni maktab, universitetlarga yo’latmay qo’ygach, Malala Yusufzay global tarmoqda, matbuotda huquq haqida chiqishlar qila boshlagan. Bu kurashga kirganida Malala 11 yoshda edi.
Yevropa Ittifoqi inson huquqlari sohasida nufuzli mukofotini Pokiston fuqarosi, 16 yoshli Malala Yusufzoyga topshirdi.

O’quvchi qiz ayollar uchun ta’limni targ’ib qilgani uchun toliblarning qora ro’yxatida va hatto hujumga uchragan.

Malala Saxarov nomidagi 65 ming dollarlik mukofot bilan siylanadi.

U Pokistonda, tug’ilib o’sgan Svot vodiysida xotin-qizlar uchun ta’lim, ozodlik, o’z kelajagini o’zi hal qilish huquqini talab qilib keladi.

Toliblar vodiyda 2009-yilda ayollarni maktab, universitetlarga yo’latmay qo’ygach, u global tarmoqda, matbuotda huquq haqida chiqishlar qila boshlagan. Bu kurashga kirganida Malala 11 yoshda edi.

2012-yilda Tolibon hujumiga uchrab, bo’ynidan o’q yeb, omon qoldi. Shundan beri qiz Britaniyada yashab, faoliyat ko’rsatadi.

Malala Yusufzoy iyulda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, yaqinda kitobi bosmadan chiqdi.

Andrey Saxarov nomidagi mukofot insoniylik, huquq uchun kurashgan, sabrsizlik, zulm va bosimga qarshi bosh ko'targan shaxslarga beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG