Breaking News

Yevropa moliyaviy kelishuvga erishdi, Britaniya ishtirokisiz


Yevropa moliyaviy kelishuvga erishdi, Britaniya ishtirokisiz
Yevropa moliyaviy kelishuvga erishdi, Britaniya ishtirokisiz

Yevropa Ittifoqining aksar davlatlari byudjet va soliq siyosatini birgalikda, qattiqroq nazorat qilishga doir kelishuvga erishdi. Ammo Britaniya unda qatnashmaydi.

Moliyaviy krizis davlatlarni birin-ketin o’z domiga tortayotgan bir mahalda Bryussel sammitidan umidlar katta.

Yevropa moliyaviy kelishuvga erishdi, Britaniya ishtirokisiz
Yevropa moliyaviy kelishuvga erishdi, Britaniya ishtirokisiz

Tanazzulni birgalikda yengishga qaratilgan, Fransiya va Germaniya olg’a surgan keng-qamrovli kelishuvga Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning barchasi ham rozi bo’lmadi. Yevrozonaga kirmaydigan mamlakatlar orasida eng baquvvati – Britaniya “biz ayrim majburiyatlardan mustasno bo’lishimiz kerak” degan fikrda.

Natijada, byudjet va xarajatni qattiqroq nazorat qilishga doir yangi talablar faqatgina yevrozonada amal qiladi. Unga keyinchalik boshqa mamlakatlar ham qo’shilishi mumkin.

Yangi kelishuv Yevropa uchun yaqinroq integratsiyani anglatadi. Har bir mamlakat byudjeti ustidan markazlashgan nazorat o’rnatiladi. Yo’q pulni sarflab, haddan ziyod xarajat qilgan hukumatlarga sanksiya qo’yiladi.

Britaniya qarorini tushuntirar ekan, Bosh vazir Deyvid Kameron erkin bozor, erkin savdo tarafdori ekani, ammo amaldagi bitimlarni o’zgartirish bizning manfaatlarga to’g’ri kelmaydi, dedi.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron
Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron

Germaniya va Fransiya sammitdan boshqa natija kutgan edi.

“Britaniya bank-moliya sohasida barcha uchun majburiy deb belgilanayotgan shartlarni qabul qilishdan bosh tortgani sabab umumiy bir kelishuvga erisha olmadik”, - deydi Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barroso Bryussel yig’ilishida qabul qilingan choralarni o’ta muhim deya olqishlamoqda. “Uzoq muddatli yechimlar kerak bizga, bu birinchi qadam”, deydi u.

Yevropa Ittifoqining 26 davlati o’z parlamentlari bilan maslahatlashib, yangi kelishuvga qo’shiladi degan umid bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG