Britaniya o’ngchilar ekstremizmini o’z xavfsizligiga tahdid deb e’lon qildi. Kuzatuvchilarga ko’ra, Yevropada bugun aksil-jihodchi guruhlar faollashgan va ular safi tobora kengayib borayapti.
2011-yilning yozida Norvegiyada qatliom sodir etgan Anders Breyvik o’z vatani va butun Yevropani musulmonlardan tozalash uchun bu ishni qilganini aytgan edi.
U Leyboristlar partiyasi yuritadigan bolalar lageriga borib, 77 kishini o’qqa tutgan. Bu partiyani madaniy xilma-xillikni targ’ib qilganlikda ayblagan.
Voqea ketidan Britaniya ekstremistik guruhlarni aksil-terror strategiyasiga qo’shib qo’ydi. Jinoyat va Xavfsizlik bo’yicha vazir Jeyms Brokenshayerga ko’ra, radikalizmga doir har 10 ta ishdan biri albatta o’ngchilar faoliyatiga borib taqaladi.
“Yaqinda Britaniyada topilgan yirik qurol-aslaha ombori ana shunday mafkuraga berilgan bir haydovchiga tegishli bo’lib chiqdi”, - deydi u.
2010-yilda ham ikki kishi terror hujumini rejalaganlikda aybdor topilgan edi, ular uyda tayyorlashgan zaharli moddalardan foydalanmoqchi bo’lgan. Yana bir fuqaro terrorizmni targ’ib qilgan adabiyotlarni tarqatgani uchun qamoqqa olingan.
Tergov natijalariga qaraganda, Anders Breyvik o’ngchilar harakatining faol a’zosi bo’lmasa-da, millatchi va islomni qoralovchi internet forumlarga tez-tez yozib turgan.
Aleksandr Melegro-Xitchens Londonda joylashgan Kings kollejida radikalizm bo’yicha izlanadi. Uning kuzatishicha, Breyvik amalga oshirgan hujumni aksil-jihodchi faollar oqlashga harakat qilgan.
“Biz begunoh odamlar o’limiga befarq qaramaymiz, lekin bizga quloq tutmasangiz bunday voqealar takrorlanaveradi qabilida munosabat bildirishgan”, - deydi olim.
Anders Breyvik Angliya Mudofaa Ligasi nomli harakatga xayrixoh bo’lgani ma’lum. Qit’ada islom va shariat tarqalishini to’xtatishni maqsad qilgan bu guruhning butun Yevropa bo’ylab shirkatlari bor.
O’tgan yili avgustda o’ngchi faollar Shvetsiyaning Stokgolm shahrida katta namoyish o’tkazishgan. Angliya Mudofaa Ligasi asoschisi Tommi Robinson ham shular orasida edi.
“Fikr-g’oyalar va qo’limizdagi ma’lumotni bo’lishib, birgalashib haqiqatni fosh etish kerak. Islom aslida qanday din ekani haqida hamma bilsin”, - deydi u.
Olim Aleksandr Melegro-Xitchens fikricha, o’tgan asrning o’ngchi guruhlari bilan qiyoslaganda, bugungi aksil-jihod harakati aynan islomni nishonga olishi bilan ajralib turadi.
“2001-yil 11-sentabr voqealarining oqibatlaridan biri shu. Ammo immigratsiya, Yevropada muhojirlar ko’payishi kabi boshqa faktorlar ham bor”, - deydi u.
Britaniya hukumatining bildirishicha, ayni damda radikalizm haqida gap ketganda asosan mayda guruhlar va alohida shaxslar nazarda tutiladi.
“O’ngchilardan kelayotgan tahdidni, deylik, al-Qoida bilan solishtirib bo’lmaydi. Ular ishini qanday olib borishida katta farq bor. Lekin shuni ham ta’kidlash joizki, har ikki guruh o’z safini kengaytirish uchun qo’llaydigan usullar, odamlarni ularga ergashishga undaydigan omillar o’xshash”, - deydi Britaniyaning Jinoyat va Xavfsizlik bo’yicha vaziri Jeyms Brokenshayer.
Yevropa iqtisodiy inqirozga cho’mgan bir paytda jamiyatdan begonalashish, millatchilik va diskriminatsiya eng dolzarb masalalar.