Breaking News

Rossiya terrorizm homiysimi?


Bugun Yevropa Parlamenti deputatlari Rossiyani terrorizm homiysi deb e’tirof etdi. Parlament qarorida aytilishicha, Rossiyaning Ukrainada energetika infratuzilmasi, kasalxonalar, maktablar va boshpanalarga hujumi xalqaro qonunlarga ziddir.

Xalqaro hayot - 23-noyabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:54 0:00

Qaror ramziy bo’lib, qech qanday yuridik kuchga ega emas, Yevropa Ittifoqidan biror amaliy siyosatni talab qilmaydi.

Yevropa parlamentigacha Litva, Latviya, Estoniya va Polsha qonunchilari o’xshash rezolyutsiya qabul qilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni qoraladi.

"Yevropa parlamentini ahmoqlik homiysi deb e’lon qilishni taklif etaman”, - dedi vazirlik so’zlovchisi Mariya Zaxarova o’z Telegram kanalida.

Rossiyalik siyosatchilar Yevropa hukumatlarini ikkiyuzlamachilikda ayblar ekan, AQShni Iroq, Suriya, Liviya, Afg’onistondagi urushlari uchun terror homiysi deb e’lon qilmaganiga ishora qiladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani ukrain fuqarolarini nishonga olayotganlikda ayblab, AQSh va boshqa mamlakatlardan Moskvani terror homiysi deb e’lon qilishni so’rab kelgan edi.

AQSh Kongressining har ikki palatasida ham qonunchilar Davlat departamentiga shu mazmunda murojaat qilgan, biroq Davlat kotibi Entoni Blinken bu da’vatlarni rad etib kelmoqda.

AQSh shu kungacha faqat to’rt mamlakatni terror homiysi deb e’lon qilgan – Kuba, Shimoliy Koreya, Eron va Suriyani. Bunday mamlakatlarga tegishli jazo choralari, sanksiyalar ko’riladi. Rossiya hozir usiz ham G’arbning minglab sanksiyalariga tushgan.

G7 rus nefti narxini cheklamoqchi

Bu o'rtada “Katta Yettilik” guruhiga a’zo davlatlar Rossiya nefti narxini cheklamoqchi va boshqa mamlakatlarni Rossiyadan belgilangan cheklovdan yuqori narxda neft sotib olmaslikka da’vat etmoqchi.

Xom neftning Brent markasi bugun bir oz arzonlashib, bir barreliga salkam 86 dollarga tushdi. Yevropalik rasmiylardan birining aytishicha, “Katta Yettilik” dengiz orqali yetkaziluvchi rus nefti narxini bir barreliga 65-70 dollar atrofida belgilamoqchi. Yevropa Ittifoqida Polsha va Vengriyadan tashqari qolgan barcha mamlakatlar bunga rozi.

Neft narxiga cheklov qo’yish bilan G’arb Rossiyaning Ukrainadagi urushni moliyalash salohiyatiga zarba bermoqchi. Biroq Kremlning bildirishicha, bunday holatda Rossiya cheklovni qo’llab-quvvatlayotgan mamlakatlarga umuman neft sotmaydi.

Dengiz orqali transportirovka va sug’urta bilan shug’ullanuvchi eng yirik kompaniyalarning aksariyati G’arbda joylashgani sabab Moskva uchun neftni o’zi istagan narxda eksportga chiqarish oson bo’lmasligi aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG