Breaking News

BMT: Dunyoning 49 davlati - eng qashshoq jamiyatlar

Ularga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit’asida 1 va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi; Osiyoda Afg’oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa Kiribati va Samoa.
Ularga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit’asida 1 va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi; Osiyoda Afg’oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa Kiribati va Samoa.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, kambag’al mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviylashmas ekan, qashshoqlikni yengish qiyin.

BMT hisobotida yozilishicha, jahondagi eng kambag’al 49 mamlakat global iqtisodiy tanazzul girdobi ostida qolmaslik uchun qo’ldan kelgan barcha choralarni ko’rgan, lekin tushkunlikdan butunlay qutula olmayapti.

Eng kambag’al davlatlarga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit’asida 1 va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi; Osiyoda Afg’oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa Kiribati va Samoa.

BMT: Dunyoning 49 davlati - eng qashshoq jamiyatlar
BMT: Dunyoning 49 davlati - eng qashshoq jamiyatlar

Bu jamiyatlar qashshoqlikni yengish yo’lida chet eldan sarmoya oqimini oshirib, tizimni isloh qilib, serdaromad sohalarni kengaytirgan holda, xizmat ko’rsatish sektorini ham yaxshilashi zarur.

BMTda bu masala bilan shug’ullanadigan bo’lim rahbari Supachay Panichpakdi kambag’al mamlakatlarda iqtisodiyot juda cheklangan deydi.

BMT: Dunyoning 49 davlati - eng qashshoq jamiyatlar
BMT: Dunyoning 49 davlati - eng qashshoq jamiyatlar

“Savdo-tijorat yomon emas, ammo eksport neft va gaz yoki arzon tovarlardan iborat. Faqat bularga qaram bo’lib qolmasliklari kerak”, - deydi BMT vakili.

Tashkilot tahlilicha, Osiyoda kambag’al davlatlar iqtisodiyotda yangi sektorlar ochib, xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar taklif etish evaziga qaddini rostlay boshlagan.

Hisobotda dunyoda o’ta qashshoq insonlar soni tobora ko’payib borayotgani aytiladi.

Globalizatsiya ko’plab jamiyatlarda innovatsiya va rivojlanishga olib kelgan bo’lsa, ayrim davlatlarda buning aksi sezilgan.

BMT nazarida, xalqaro hamjamiyat, ayniqsa rivojlangan davlatlar ularni yordamni oshirishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG