Breaking News

Fransiya AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo'shilishi mumkin


"Ertadan havodan kuzatuvlarni boshlaymiz va "Doyesh"ga qarshi hujumlarni rejalaymiz", - dedi Olland. Fransiya prezidenti Suriyaga piyoda askarlar kiritilmasligini alohida ta'kidladi.
"Ertadan havodan kuzatuvlarni boshlaymiz va "Doyesh"ga qarshi hujumlarni rejalaymiz", - dedi Olland. Fransiya prezidenti Suriyaga piyoda askarlar kiritilmasligini alohida ta'kidladi.

Fransiya Prezidenti Fransua Ollandning aytishicha, uning samolyotlari Suriya bo'ylab uchib, ma'lumot to'playdi.

Fransiya yaqin kunlarda AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo'shilishi mumkin. Shu kungacha fransuz samolyotlari jangarilarni Iroqda havodan nishonga olib, Suriyadagi amaliyotlarda qatnashmay kelayotgan edi.

"Ertadan havodan kuzatuvlarni boshlaymiz va "Doyesh"ga qarshi hujumlarni rejalaymiz", - dedi Olland.

Fransiya prezidenti Suriyaga piyoda askarlar kiritilmasligini alohida ta'kidladi.

Iroq shimoli va g'arbidagi yirik hududlarni egallab olgan jangarilarga qarshi kecha 15 bor zarba berilgan.

"Havo hujumlari izsiz ketmaydi, albatta. Kelajakdagi janglarda ustunlik biz tomonda bo'ladi", - dedi Iroq Mudofaa vaziri Xolid Ubaydiy.

Iroq aviatsiyasi AQShdan sotib olgan samolyotlar bilan jangarilarni o'qqa tutmoqda. Iyul oyida Bag'dodga to'rtta F-16 qiruvchi samolyotlari sotilgan. Bag'dod AQShga 2011-yilda uch milliard dollarga 18 ta, 2012-yilda esa 830 million dollarga yana shuncha samolyot buyurtirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG