Breaking News

Ozodlik uyi: Avtoritar tuzumlar haddidan oshmoqda


Islom Karimov (chapda) va Vladimir Putin, 15-aprel, 2013-yil
Islom Karimov (chapda) va Vladimir Putin, 15-aprel, 2013-yil
Vashingtonda asoslangan "Freedom House" (Ozodlik uyi) chiqargan yillik tahlilnomaga ko'ra, Yevrosiyo bo'ylab avtoritar tuzumlar korrupsiyaga chuqurroq botib, axborot vositalarini bo'g'ishga, fuqarolik jamiyatini bostirishga va siyosiy muxolifatni yanchishga zo'r bermoqda.

Rossiya bunga yaqqol misol, deya bayon qiladi xalqaro tashkilot. Vladimir Putin prezidentlikka qaytishi bilanoq har qanday tanqidiy fikrni yo'q qilish, fuqarolar faolligini cheklash, qonunchilik, matbuot va adliya ustidan mutlaq nazorat o'rnatishga tushdi.

"Bugun Rossiyada yuz berayotgan o'zgarishlarga Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri guvoh bo'lmaganmiz,- deydi Deyvid Kreymer. - Bu nafaqat fuqarolarning uzviy huquq-erkinliklari va demokratiyaga, balki Rossiyaning mintaqadagi nufuziga ham kuchli zarba".

Putin siyosatidan o'rnak olib kelayotgan davlatlar ko'p, deya bildiradi Ozodlik uyi. Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, O'zbekiston va Turkmaniston shular jumlasidan.

2011-2012-yillardagi norozilik namoyishlari ketidan Rossiya, Qozog'iston, Belarus, Ozarbayjon va Tojikistonda fuqarolik jamiyati faoliyatini cheklovchi qonunlar qabul qilindi.

Gruziya va Armaniston demokratik saylovlar o'tkazishga qodir ekanini isbotlar ekan, Rossiya va Ukrainada buning aksi kuzatildi.

Markaziy Yevropa davlatlari orasida Ruminiya, Bolgariya, Slovakiya va Polshada demokratik chekinishlar bo'ldi. Bu mamlakatlarda adliya mustaqil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va korrupsiya - asosiy muammolar, deyiladi tahlilnomada.

Bolqon yarimorolida ham shu ahvol. Xorvatiya, Serbiya va Bosniyada ham aynan yulg'ichlik tufayli har sohada islohotlar sekinlashgan.

"O'tish davridagi davlatlar" deb nomlangan bu hisobotda Markaziy Osiyoga alohida e'tibor qaratiladi.

Qozog'istonda 2011-yilning dekabrida Janaozenda sodir etilgan xunrezliklar ketidan yangi qonunlar qabul qilinib, "jamoatchilik va davlat xavfsizligi yo'lida" deya yangi choralar ko'rildi. Bu bilan mustaqil axborot tarqatish va tanqidiy fikr bildirishga to'siqlar qo'yildi. 2012-yilning oktabrida muxolifatchi Vladimir Kozlov va yana ikki fuqaro "ijtimoiy nafrat uyg'otganlikda aybdor" deb topildi. "Olg'a" partiyasi man etildi va yana bir necha muxolif axborot vositalari ishi to'xtatildi.

Tojikistonda dindorlar va masjidlarga qarshi siyosat avjida. Diniy dargohlarni yopish, taqvodorlarni tazyiqqa olish davom etmoqda. Ekstremizmga qarshi kurash shiori ostida nafaqat erkin e'tiqod, balki erkin matbuot tushunchasi ham yo'qolib bormoqda. Internetdan foydalanish imkoniyatlari ham cheklangan.

O'zbekiston va Turkmanistonda esa vaziyat undan battar, deya tasvirlanadi Ozodlik uyi tahlilnomasida. Bugun bu jamiyatlarda mustaqil matbuot va muxolifat degan narsadan hech vaqo qolmagan. Siyosatni savolga tutish - jinoyat. Inson huquqlarini himoya qilishga uringan shaxslar doimiy bosim ostida. Milliy Xavfsizlik Xizmati ularga dushman sifatida qarab, muntazam ravishda ko'zga ko'ringan faollarni siquvga oladi, do'pposlaydi va qamab qo'yadi. Nohukumat tashkilotlarning aksariyati aslida hukumat iznidagi organlar. Fuqarolik jamiyati O'zbekistonda erkin tashabbus bilan emas, davlat buyrug'i bilan yaratilmoqda. Pirovardida ular xalq uchun emas, amaldagi siyosatni ko'kka ko'tarish uchun xizmat qilmoqda.

Turkmanistonda bu ochiq tarzda amalga oshiriladi. Biror bir tashkilot chetdan bir tiyin ham ololmaydi. Nohukumat tashkilot degan tushuncha yo'q.

Ozodlik uyi
Ozodlik uyi
Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyati sal erkin nafas oladigan yurt bu Qirg'iziston. Nohukumat tashkilotlar, turli guruh va tashabbuskorlar qo'shni davlatlarga qaraganda ancha faol va xalqaro manbalardan grant olishi mumkin.

Lekin 2010-yilda O'shda yuz bergan qirg'in, o'zbek aholiga nisbatan amalga oshirilgan jinoyatlar keskin tanqid ostiga olingach, hukumat uning siyosatini qoralagan tomonlar, jumladan, chet el tashkilotlariga cheklovlar qo'ya boshladi. Ko'plab tanqidchilar mamlakatdan haydaldi. O'zbek matbuoti yo'q qilindi. Mustaqil manbalarga qarshi urush e'lon qilindi. Qirg'iziston hamon korrupsiyaga eng chuqur botgan jamiyatlardan biri ekan, qonunni buzgan odam jazodan qochishi ham shunchalik oson.

Xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, G'arb bu adolatsizliklarga jim qarab tura olmaydi, deyiladi Ozodlik uyi hisobotda. Amerika va Yevropa Ittifoqi bu respublikalarning har biri bilan o'ziga yarasha hamkorlik qiladi. Siyosatni belgilashda avtoritar tuzumlar tobora kuchayib borayotganiga e'tiborni pasaytirmaslik zarur.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG