Breaking News

Vashington Ilhom Ne'matovni vatanga kuzatdi


2010-yildan beri Vashintonda O’zbekiston elchisi bo’lgan Ilhom Ne’matov Toshkentga qaytmoqda. Uning o’rniga Baxtiyor G'ulomov, Belgiyada elchilik qilib kelayotgan diplomat, tayinlanishi kutilmoqda. Ammo bu nomzodlik O’zbekistonda hali rasman tasdiqlanmagan.

Protokolga ko’ra, avvalo yangi elchilikka ko’zlangan rasmiy haqida mezbon davlat tashqi ishlar vazirligiga diplomatik noma yuboriladi. U yerdan ma’qul degan javob berilgach, elchini rasman tayinlash jarayoni boshlanadi.

Yangi elchi ish boshlaguniga qadar Muzaffar Madrahimov, elchi o’rinbosari, Vashingtondagi missiyani boshqaradi.

Amerikaning Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston bilan aloqalari uchun mas’ul yetakchi rasmiylari nazarida Ne’matov bebaho tajribaga ega, har jihatdan professional va Vashingtonda sidqidildan xizmat qildi.

13-iyun kuni Davlat departamenti va elchixonada o’tgan marosimlarda AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk Ne’matovni bosiq va uzoqni o’ylab ish ko’radigan arbob deya maqtadi.

AQSh Mudofaa vaziri muovini Piter Lavoy fikricha, Ne’matov diplomatiya kuchini biladigan, masalani og’izda emas, amalda hal etishga urinadigan siyosatdon.

Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi 2009-yildan beri O’zbekiston bilan hamkorlik kuchayganida elchi rolini yuqori baholaydi. Afg’onistondagi harakatlarni quvvatlashda, ayniqsa xalqaro koalitsiyaga zarur mahsulot yetkazib berishda respublika hududi qo’l kelayotgani, Shimoliy Ta’minot Tizimi muntazam ishlab turgani va Amerika qo’shinlari Afg’onistonni tark etishni boshlar ekan, ular O’zbekiston orqali o’tayotgani Obama ma’muriyati uchun chuqur ahamiyatga ega, deydi Vashington rasmiylari.

Yillik maslahat kengashlari yo'lga qo'yildi, ikki tomonlama qatnov oshdi, O'zbekistonga qo'yilgan ayrim cheklovlar vaqtinchalik bo'lsa-da, bekor qilindi. Bugun Amerika rasmiylari respublika haqida gapirganda, "ishonchli hamkor va sherik" degan so'zlarni eshitamiz. Kelishmovchiliklar hamon talay, ammo tomonlar muntazam muloqotda ekani muhim ijobiy o'zgarish deya talqin qilinadi.

Kongress a’zolari, xususan Vakillar Palatasida mintaqa bilan rishtalarni nazorat qiluvchi quyi qo’mita raisi Dana Rorabaker, Kaliforniya shtatidan respublikachi qonunchi, O’zbekiston elchixonasida Ilhom Ne’matov bilan xayrlashar ekan, aloqalar va hamkorlik har tomonlama kengayishi, barcha jabhalarda olg’a siljish kerak, dedi.

Demokrat kongressmen Eni Faleomavaega, Amerikaning Samoa oroli vakili ta’biricha, O’zbekistondek yosh davlatlar bilan hamkorlikda sabr-qanoat kerak.

“Biz o’zimiz demokratik davlatmiz deya ko’krak kera olgunimizcha bir yarim asr vaqt o’tgan”,- deydi u.

Buyruq berib, aql o’rgatib, talab qo’yib Vashington hech narsaga erisha olmaydi, deydi Faleomavaega, inson huquqlari va demokratiya bobida O’zbekiston oqsamoqda, degan tanqidlarga javob berar ekan.

Elchining o'zi Vashington siyosiy doiralariga rahmat aytib, vatanga o'zgacha malaka va bilim bilan qaytayotganini, Amerikadek buyuk davlatda elchilik qilish yuksak tajriba va sharaf ekanini qayd etdi.

"Qo'shma Shtatlar biz uchun nihoyatda muhim davlat va O'zbekiston siz bilan faqat hamjihatlik va hamkorlik yo'lidan borishni istaydi",- dedi Ne'matov.

AQSh-O’zbekiston munosabatlarini tahlil qilib kelayotgan ekspertlar deydiki, Ne’matov Vashingtonda har bir qadamini o’ylab bosdi. Juda ehtiyorkor va yetti o’lchab bir kesadigan arbob. Diplomatlar o’zi juda ingichka chiziqdan yuradi, Ne’matov buni uddalay oldi. Maqtovlarni kamtarona qabul qilib, qilsa bo’ladigan ishlarni qildi. Nozik jabhalardan, xususan huquq masalalaridan uzoqda yurdi.

Ne’matov Amerika bilan madaniy rishtalarini yaxshilashga harakat qildi. Universitetlar va kollejlar bilan aloqa o’rnatib, yurtini tanishtirdi. Turli shaharlarga borib, O’zbekiston nomidan gapirdi. Xullas, diplomatlarga xos faoliyat olib bordi.

Elchilar vatanidan kelayotgan buyruqni bajaradigan odamlar, ular mustaqil ravishda biror siyosiy qaror qabul qilish vakolatiga ega emas. Shunday ekan, uning qanchalik effektiv elchi bo’lganini Ne’matovga nima qilishini aytgan Toshkent biladi. Vashingtonda yangrayotgan so’zlarga ko’ra, Obama ma’muriyati uning xizmatlaridan rozi.

Ne'matovni Toshkentda qanday lavozim kutmoqda? Hozircha noma'lum. Lekin tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari bo'ladi degan taxminlar bor.

Asli Namangan viloyati farzandi bo'lmish bu diplomat tashqi aloqalar sohasida 1989-yildan beri ishlaydi. O'zbekiston va Rossiyada ta'lim olgan, G'arb dargohlarida malaka oshirgan. Hindiston va Rossiyadek yirik davlatlarda elchilik qilgan. 2008-yilda Moskvaga tayinlanishidan oldin sakkiz yil davomida Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bo'lib ishlagan. 61 yoshli Ne'matov iqtisod fanlari doktori.

Qo'shimcha materiallar:
Yangi Ipak Yo'li va Shimoliy Ta'minot Tizimi, AQSh rasmiysi bilan suhbat /Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00
Yuklab oling
Fred Starr Yangi Ipak Yo'li va mavjud loyihalar haqida nima deydi? Navbahor Imamova lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling
O'zbekiston-AQSh/Robert Bleyk bilan savol-javob/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:07 0:00
Yuklab oling
AQSh O'zbekistonda baza ochmaydi, deydi Bleyk/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:10 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG