Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Freedom House (Ozodlik uyi) tashkiloti yangi hisobot chiqarib, internetda faol fuqarolar nishonga olinayotganini xavotir bilan tilga olgan.
Bloggerlar ta’qib etilmoqda, muxolif sahifalar nazorat ostiga olingan, internet faoliyati cheklangan, ammo shunga qaramay, deyiladi hujjatda, fuqarolik jamiyati, texnologik kompaniyalar va mustaqil sudlarning repressiv hukumatlarga qarshiligi kuchaygan.
Xalqaro hamjamiyatning ta’qiblar va cheklovlarga keskin munosabati ham hukumatlarni muqobil yo’l izlashga majburlamoqda, deyiladi “Internetda erkinlik” deb nomlanuvchi hisobotda.
47 davlatni o’z ichiga olgan izlanishda mamlakatlar internetga qo’yilgan to’siq, sahifalarning cheklanishi, internetdan foydalanuvchilarga munosabatga qarab jadvalga joylashtirilgan.
Hisobotdan ma’lum bo’lishicha, internet eng erkin davlat bu – Estoniya.
So’ng Qo’shma Shtatlar. Eron, Kuba va Xitoy kabi davlatlar so’nggi o’rinlarda.
Yana 11 mamlakatda internet erkin emas deya qayd etilgan.
Ular orasida Belarus, O’zbekiston, Saudiya Arabistoni va Tailand ham bor.