Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Freedom House yoki Ozodlik Uyi tashkiloti yillik hisobotini chop etib, ayrim mamlakatlarda siyosiy huquq va fuqarolik erkinliklar bobida ijobiy o’zgarish bo’lganini, boshqalarida esa ahvol yomonlashganini qayd etdi.
Ozodlik Uyining so’nggi hisobotida ta’kidlanishicha, Liviyia va Misrda tuzum o’zgarganidan beri ayrim demokratik o’zgarishlar ro’y bergan. Rossiya, Nigeriya va yana 25 mamlakatda esa inson huquqlari ahvoli yomonlashgan, jumladan Qozog’iston, Turkiya va Ukrainada.
Ozodlik Uyi mamlakatlarda siyosiy va fuqarolik erkinliklari darajasini baholab, maxsus jadval tuzib keladi. Hisobotda aytilishicha, Liviyada o’tgan yil sentabr oyidagi xurujda AQSh elchisi o’ldirilganiga qaramay mamlakat jadvalda bir necha pozitsiya yuqorilagan.
Biroq Rossiyada Vladimir Putin prezidentlikka qaytganidan beri erkin fikr va norozilik bildirish harakati bo’g’ildi.
Ozodlik Uyi o’z jadvalida mamlakatlarni “erkin”, “qisman erkin”, “erkin bo’lmagan” hamda “yomonlarning yomoni” kategoriyalariga bo’lib chiqadi. Yangi hisobotga ko’ra, dunyoda 90 mamlakat “erkin” deya belgilangan. Bu oldingi yilga qaraganda uch davlatga ko’pdir.
Tashkilot xulosasiga ko’ra, demokratiya, so’z, matbuot va uyushish erkinligi bobida dunyoda qatorasiga yetti yil ortga siljish kuzatilmoqda. Guruh Qo’shma Shtatlar va qolgan demokratik mamlakatlarni global liderlikni qo’lga olib, boshqalarni o’ziga ergashtirishga chaqiradi hamda Obama ma’muriyati va muxolifatdagi respublikachilarni tashabbus ko’rsatmayotganlikda tanqid qiladi.
“Erkin bo’lmagan” 47 davlatdan to’qqiztasiga “yomonlarning yomoni” tamg’asi qo’yildi. Ular orasida O’zbekiston ham bor. Aytish joiz, O’zbekiston jadvalda bir necha yildan beri Turkmaniston bilan shunday maqomga ega. Ozodlik Uyi har ikkisida diktatorlik tuzumlari hukmron deydi.
“Dunyoda erkinlik” deb ataluvchi bu hisobot 1972-yildan beri tayyorlanadi. So’nggi so’rovnoma 195 davlat va 14 hududdagi ahvolni o’z ichiga oladi.
Unda mamlakatlardagi saylov va boshqaruv tizimi, siyosiy faollik, so’z va matbuot erkinligi darajasi, korrupsiya bilan bog’liq ahvol, diniy va akademik erkinlik darajasi, nodavlat tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar faoliyati uchun sharoit, sud va adliya tizimi mustaqilligi, jinsiy erkinlik va fuqarolar uchun iqtisodiy imkoniyatlar darajasi obdon o’rganilib, har bir davlat va hududga baho qo’yiladi.
Hujjatga ko’ra, so’nggi bir yilda 19 mamlakatda qabul qilingan qonunlar internet erkinligini cheklaydi, o’z fikrini onlayn tarzda bildirgan fuqarolarni nishonga oladi. Shuningdek, tashkilot kuzatuviga ko’ra, 14 mamlakatda davlat hisobi va foydasiga internetda faoliyat yurituvchi sharhlovchilar paydo bo’lgan.
Ozodlik Uyi bashoratiga ko’ra, Ozarbayjon, Liviya, Malayziya, Pokiston, Rossiya, Ruanda va Shri-Lankada kelasi bir yilda ahvol yanada yomonlashishi mumkin.