Breaking News

Fransiya prezidenti: "Islomiy davlat" jangarilari safida yana bir fuqaromiz bor


Fransiya hukumati Suriyada 18 nafar mahalliy askarni va bir amerikalikni o'ldirgan jangarilar safida yana bir fransuz borligini aytayapti.

Garovdagilar boshidan judo qilinayotgan payt olingan va internetga joylangan videodan Fransiya rasmiylari shunday xulosaga kelgan.

Dushanba kuni avvaliga videoda jangarilar safida bir fransuz - 22 yoshli Maksim Ochard borligi e'lon qilingan edi. Tergovchilarning keyinroq aytishicha, "Islomiy davlat" jangarilari 22 yoshli yana bir fransuzni yollagan. Ikkisi Suriyaga o'tgan yili jo'nab ketgan.

Fransiya Prezidenti Fransua Olland chet davlatda qabih guruhlar ta'siriga tushib qolayotgan bu yoshlar nihoyatda xavfli ekanini tan oldi.

"Islomiy davlat" Amerika va Britaniya fuqarolari qatl etilgan bir necha videoni e'lon qildi. Suriyaga insonparvarlik yordamini ko'rsatish uchun borgan amerikalik Abdul Rahmon Kassig - oxirgi qurbonlardan. Kassig 13 oydan beri garovda qolayotgan edi.

Huquq tashkilotlari hisobicha, "Islomiy davlat" jangarilari iyun oyidan beri Iroq va Suriyada 1400 dan ziyod odamni qatl etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG