Breaking News

G’azoliklar sektorda gumanitar ahvol yomonlashishidan xavotirda


Isroil hujumlari natijasida G’azo aholisi doim bir joydan boshqa joyga ko’chishga majbur.

Xalqaro hayot - 29-noyabr, 2024-yil - Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlar tinmayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:18 0:00

“Bizga darhol ketishni buyurishdi. Yo’qotadigan narsamiz qolmadi. Bolalarimiz nobud bo’ldi. Hech narsa qolmadi”, - deydi bir ayol.

Sektor aholisi tashqi yordam hisobiga yashaydi. Biroq Isroilning Falastinlik qochqinlarga yordam beruvchi BMT agentligi yoki BAPOR faoliyatini man qilish haqidagi qarori agentlikka G’azo Sektorida faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilishi aytilmoqda. Bu esa to’yib ovqat yemaslikka, kasallikdan qiynalayotgan odamlarning holini yanada qiyinlashtirib, ocharchilikka yetaklashi mumkin.

Isroil parlamentida BAPOR faoliyatini man qiluvchi qonun yanvar oxirida kuchga kiradi.

“Xalqaro hamjamiyatning faol qismi bu ishga aralashib, BAPORning G’azodagi faoliyatiga ehtimoliy chek qo’yilishining oldini olishi kerak. Bu barcha falastinliklarni yordam bilan ta’minlayotgan yagona guruhdir. Gap uyidan qochgan ikki million xalq haqida ketyapti”, - deydi gumanitar yordam tarqatish bilan shug’ullanuvchi bir g’azolik.

AQSh va qator davlatlar Isroilning ushbu qonuniga e’tiroz bildirgan, uning ijrosini kechiktirishni so’ragan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu hozirgi yechimsiz ofatni yanada kuchaytirishini aytadi.

Isroil BAPOR xodimlarining 10 foizidan ko’pini XAMASga aloqadorlikda, yana bir nechtasini esa 2023-yil oktabrida Isroilga hujumda bevosita qatnashganlikda ayblaydi.

BMT tergovidan so’ng BAPORning to’qqizta xodimi ishdan haydaldi, biroq 1400 dan ziyod vakilining XAMASga aloqadorligi haqidagi Isroil da’vosiga dalil yo’qligini bildirdi.

“BAPOR faoliyati taqiqlansa, qochqinlar qarovsiz qolib ketadi. Shahar-qishloqlardan oldin ketgan qochqinlargina emas, butun Falastin qarovsiz qoladi. Xalqaro hamjamiyat bizni tashlab ketgan bo’ladi”, - deydi g’azolik bir ona.

Fotima Sharqaviyga ko’ra, oziq-ovqat va tibbiy yordamdan tashqari BAPOR falastinlik bolalarni ta’lim bilan ham ta’minlaydi.

Xalqaro hamjamiyatdan izolyatsiyada yashayotgan g’azoliklar urush va zo’ravonliklar natijasida dunyodagi eng savodsiz xalqlardan biriga aylangan.

Isroil urush boshlaganidan beri sektorda maktablar ishlamayapti.

BAPOR vakillariga ko’ra, G’azo ahlini oylab oziq-ovqat bilan ta’minlashga yetarli gumanitar yuk ortilgan mashinalar sektorga kiritilmayapti.

G’azoga kirgan gumanitar yordamni Isroil bombalari va reydlari sabab, talon-taroj sabab tarqatish oson bo’lmayapti.

“Qochqinlarga o’xshab yashaymiz. Ichishga suv topish hamisha muammo. Qum va vayronalar ichida yashaymiz. Atrofimizda hasharotlar izg’ib yuradi”, - deydi ayol.

Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotiga BAPOR vazifalarini boshqa agentliklarga taqsimlab berishni tavsiya qildi, biroq BMT G’azoda murakkab tizimni va BAPORning G’azodagi 13 ming nafar xodimini yangilash oson bo’lmasligini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG