Breaking News

G'azodagi namoyishlarda kamida 15 falastinlik o'ldirildi


G'azodagi namoyishlar
G'azodagi namoyishlar

Isroil-G'azo chegarasida yuz bergan namoyishlarda Isroil kuchlari tomonidan kamida 15 falastinlik o'lidirilgan, yuzlab odam yaralangan. Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi shu haqda xabar berdi.

Isroil harbiylari esa zo'ravonlikni to'xtatish uchun namoyishni tarqatishga uringanini aytmoqda.

Falastinlik namoyishchi
Falastinlik namoyishchi

Minglab falastinliklar Isroil chegarasiga yaqinlashganda to'qnashuvlar boshlanib ketgan. Isroil rasmiylarining aytishicha, askarlar armiyaga qarab tosh va yonayotgan ballonlarni otgan odamlarga javob qaytargan.

Falastin rasmiylari esa askarlar qurolsiz namoyishchilarga qarata o'q yog'dirib, kamida 15 kishini o'ldirganini, 1400 dan ortiq odamni yaralaganini aytmoqda.

Isroil askarlari namoyishchilarga qarata qurol o'qtalmoqda.
Isroil askarlari namoyishchilarga qarata qurol o'qtalmoqda.

30-mart kuni kechqurun BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig'in o'tkazib, G'azodagi vaziyatni muhokama qildi. BMTning siyosiy masalalar bo'yicha bosh rasmiysi o'rinbosari Tay-bruk Zerixun vaziyat kelgusi kunlarda yanada og'irlashishi mumkiligini aytilib, Isroilni oddiy fuqarolarni nishonga olmaslikka chaqirdi.

Quvaytning BMTdagi elchisi Mansur Al-Otaybi Isroilning harakatlarini xalqaro huquq normalarining buzilishi deb atadi.

Olti haftalik namoyish

Falastinliklar G'azoning beshta hududida chodirlar tikib, norozilik namoyishlari o'tkazmoqda. Qatnashchilar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Isroil armiyasi taxminiga ko'ra, yig'ilganlar soni 30 mingdan ortiq.

15-may kuni tugashi kutilayotgan bu ukan tadbir 1948-yili yuz minglab falastinliklar o'z uyini tashlab ketishga majbur bo'lgan "Nakba" fojeasini xotirlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu voqea ortidan Isroil davlati paydo bo'lgan edi.

Namoyishchilar chegara yaqinida juma namozini o'qimoqda.
Namoyishchilar chegara yaqinida juma namozini o'qimoqda.

Isroil chegaraga 100 ta mergan o'qchini joylashtirgan.

Namoyishlar Vashington Quddusda yangi elchixonasini ochadigan kunda nihoyasiga yetishi kutilyapti. Falastin Quddusning sharqiy qismini o'z davlati uchun poytaxt bo'lishini aytadi. AQSh Prezidenti Donald Trampning Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko'chirish qarori falastinliklar va boshqa ko'plab xalqaro hamjamiyat vakillarini norozi qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG