Breaking News

Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlarda ikki kishi o'lgan


Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlarda ikki kishi o'lgan
Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlarda ikki kishi o'lgan

Poytaxt Tibilisida hukumatga qarshi namoyishlar o'tkan shanba kuni boshlagan va umuman olganda tinchlik ichida o'tkazilayatgan edi.

Gruziyada bugun mustaqillik bayrami. Paradga tayyorgorlik ko'rilgan payt politsiya kechasi alomanni tarqatishga harakat qilganda ikki fuqaro o'lgan va onlab odam jarohatlangan.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan xabarga ko'ra,ikki fuqaro hodisadan qochishga uringanda vositalar tagida qolgan.

Muxalifat vakilari, hukumat namoyishlarni zo'ravanlik asosida bostirganligini davo qilmaqda ammo bazi kuzatuvchilarga ko'ra foallar ham ularni tarqatishga uringan militsiyaga qarshilik ko'rsatgan.

Bildirilishicha qariyb 90 kishi nazoratga olingan.

Parlemant sobiq sprikeri hozirda muxalif kuchlar vakili Nino Bujanadze yetakchiligidagi yuzlab foal, siyosiy va iqtisodiy inqirozga javobgor deya prezidenti Saakashviliga qarshi kurashmaqda.

Muxalifatga ko'ra, rasmiy Tibilisi islohatlar dasturiga amal qilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG