Breaking News

Dunyo ahli, boy yoki kambag'al, ruhiy tushkunlik girdobida


O'tgan yili O'shdagi qirg'inda bor-yo'g'idan ayrilgan minglab o'zbeklar nafaqat iqtisodiy balki ruhiy tushkunlikdan ham azob chekmoqda
O'tgan yili O'shdagi qirg'inda bor-yo'g'idan ayrilgan minglab o'zbeklar nafaqat iqtisodiy balki ruhiy tushkunlikdan ham azob chekmoqda

Bir vaqtlar "Boylar ham yig’laydi" degan Braziliya television seriali sobiq Sovet Ittifoqi hududida nihoyatda mashhur bo’lgan. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot boylarning nafaqat yig’lashi, balki depressiya, ya’ni tushkunlikka ham kambag’allarga qaraganda ko’proq tushishini ko’rsatgan.

Izlanishda 18 mamlakatdan 89 ming odam ishtirok etgan. Natija shuki, depressiya keng tarqalgan kasallik.

Eng farovon jamiyatlarda ham aholining katta qismi tushkunlikdan shikoyat qiladi. Qizig'is shundaki, kambag’al davlatlarda bu ko’rsatkich sal past.

AQSh, Ispaniya, Yaponiya qatorida Hindiston, Livan va Ukrainada ham so’rovlar olib borilgan.

O'ziga to'q jamiyatlar, masalan Yaponiyada, ruhiy tushkunlik ham kattalar, ham yosh avlod orasida ko'p uchraydi
O'ziga to'q jamiyatlar, masalan Yaponiyada, ruhiy tushkunlik ham kattalar, ham yosh avlod orasida ko'p uchraydi

Nyu-York shtati universitetidan sotsiolog olima Evelin Bromet tadqiqot mualliflaridan biri.

"Jiddiy depressiya deganida biz odatda tushkunlikning bir necha simptomi, ya’ni belgisini kun davomida, har kuni kuzatilishini va bu holatning kamida ikki hafta davom etishini nazarda tutamiz”.

Ishtahaning yoqligi, yaxshi uxlamaslik, bir narsada diqqatni jamlay olmaslik, o’z hayotiga qasd qilish haqida oy’lash yoki hatto qasd qilishga urinish – depressiya alomatlaridir.

Bromet xonim xalqaro izlanishda yana boshqa faktlarni ham aniqlagan.

Depressiya yoshlar orasida keng tarqalgan surunkali kasallik
Depressiya yoshlar orasida keng tarqalgan surunkali kasallik

"Ayollar erkaklarga qaraganda ko’proq tushkunlikka tushadi. Barcha jamiyatlarda shunday. Yoki masalan, yaqinda ajrashgan odamlarda boshqalarga qaraganda ko’proq tushkunlik holati kuzatiladi”,- deydi olima.

G’arbiy Yevropa va AQShda tushkunlikda yashayotganlar asosan yoshlar.

“Ammo Ukraina va ayrim boshqa kambag’al yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlarga qaraganda ko’proq kattalar, qariyalar depressiyada ekanini ko’rdik”,- deydi Bromet xonim.

Olima buning sababini Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi murakkab siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatda ko’radi.

Ishsizlik, imkonsizlik, ijtimoiy adolatsizlik global muammolar ekan, deydi ekspertlar, depressiya ko'lami ham keng
Ishsizlik, imkonsizlik, ijtimoiy adolatsizlik global muammolar ekan, deydi ekspertlar, depressiya ko'lami ham keng

Millionlab insonlar kasb-hunarsiz qoldi. Uzoq yillar davomida qilgan mehnati chilparchin bo’ldi. Ayniqsa ziyolilar, kommunistik tarbiya olgan va o’z kelajagini mana shu tuzumda ko’rgan odamlar karaxt bir holatga tushdi. Yangi sharoitga o’rganay olmay o’zini har jihatdan baxtsiz sezgan, umidni boy bergan insonlar ko’p, deydi xalqaro tadqiqotchilar.

O’tgan yillar ichida olib borilgan boshqa so’rovlar rivojlanayotgan jamiyatlarda, xususan sobiq ittifoq hududida, yoshlar surunkali depressiyadan azob chekayotganini ko’rsatgan edi.

Ishsizlik, bilim olish yo’lidagi moliyaviy to’siqlar, ijtimoiy adolatsizlik, kamsitilish singari illatlar yosh avlod hayotini xazon qilayotgani aniqlangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG